Kecha Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni12 nafar boʻlsa, 67 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

0
217
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼlumotiga koʻra, 2020 yil 18 may soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2791 (+12) nafarni tashkil qilmoqda.

Qayd etilgan yangi kasallanish holatlarining 8 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, 1 nafari Tojikistondan kelib, karantinga olinganlar, 3 nafari oldindan karantinda boʻlgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida yana 21 nafar bemor butunlay sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 751 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 772 nafarga yetdi.

Shunday qilib, kecha 67 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 2314 nafarni tashkil qilmoqda. Albatta, ushbu dardga chalinganlarga nisbatan  tuzalganlar sonining ortib kelayotgani kishini quvontiradi. Bu raqamlar  shifokorlarimizning tinib-tinchimas saʼy harakatlarini, jonbozligini,  fidoyiligini oʻzida ifodalaydi.

Afsus oʻlim holati ham yoʻq emas, Samarqandlik fuqaro I. (erkak) shu yilning 14 may kuni ogʻir ahvolda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqiziladi. Oʻtkazilgan diagnostik tahlillardan soʻng bemorda “COVID-19” infeksiyasi ham aniqlangan.

Shundan keyin bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga oʻtkazilgan. Bemor uzoq vaqt davomida jigar sirrozi tashxisi bilan davolanib kelgan. Bundan tashqari, unda semizlik, anemiyaning ogʻir darajasi kabi qator hamroh kasalliklar ham mavjud boʻlgan.

Klinikada bemorga mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam koʻrsatilgan. Vazirlikning turli yoʻnalishlari boʻyicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham oʻtkazilib, doimiy nazorat taʼminlangan. Biroq,  koʻrsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor yurak qon-tomir va oʻtkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.