Klyukva (qizil nordon meva)

0
6111
marta koʻrilgan.

Klyukva mevalari B vitaminlari guruhiga kiruvchi (V1,V2 B5, V6), RR, K1 (filloxinon) va  S darmondorisiga boy mahsulot. Limon, apelsin, greypfrut va qulupnayga  qiyoslaganda ularning tarkibidagidan darmondorilar nisbatan koʻproq.

Klyukvada kaliy, fosfor, kalsiy kabi moddalarga boyligi bilan ham ajralib turadi. Shuningdek, temir, marganets,  bor, kobalt, yod, nikel, kumush, xrom, titan, sink i va boshqa  mikroelementlar ham mavjud.

Bu meva antibiotik va viruslarga qarshi neʼmat  sifatida katta ahamiyatga ega. U toʻqimalarni tashqi muhitning salbiy taʼsiridan himoyalovchi antioksidantdir. Siydik qopi va yoʻlini zararli bakteriyalardan tozalaydi. Oshqozon osti bezini shamollashini oladi. bakteriyalarni oʻldiradigan, peshob haydovchi va umuman shamollashga qarshi kurashishda tengi yoʻq meva hisoblanadi.

Malham tayyorlash: Klyukva va brusnika mevalarini teng miqdorda olib, shakar bilan 3:1nisbatda aralashtiriladi va  obdon eziladi. Ikki osh qoshiq malham 0,5 litr iliq suv aralashtirib, kundalik ichishga tayyorlanadi. Kuniga ovqatlanishdan 15-20 daqiqa oldin yarim stakandan   ichiladi.

Klyukva sharbati asal bilan aralashtirib, (1-2 choy qoshiq taʼbga qarab bir stakanga) angina, shamollash, nafas yoʻllari shamollashida ovqatdan 15-20 daqiqa oldin yarim stakandan   ichiladi. Agar oshqozonda kislotnost past boʻlsa, klyukva lavlagi bilan teng miqdorda aralashtirib, ovqatdan 15-20 daqiqa oldin yarim stakandan  kuniga uch marta ichiladi. Shuningdek, bu malham ich qotganida, qon tomirlar tiqilishida, gipertoniya, ateroskleroz, gripp, tromboflebit kasalliklaridan forigʻ boʻlishda  ham yaxshi yordam beradi.

Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.