Kunduzgi uyqu inson salomatligi uchun foydali – omillardan biri!

0
220
marta koʻrilgan.

Kunduzgi uyqu inson salomatligi uchun koni foyda. Olimlarning tadqiqoti shuni koʻrsatadiki, hatto yarim soatlik kunduzgi uyqu ham diqqatni jamlash qobiliyatini 34 foizga oshiradi.

Kunduzgi uyqu tetiklashtiradi, umumiy uyquchanlikni yoʻqotadi va kuchni tiklaydi. Bundan tashqari, uning yana bir foydasi shuki stress gormonini zararsizlantiradi. Insonning uyqu rejimini taʼminlaydi.

Masalan, 10-20 daqiqali uyqu xotirani yaxshilaydi. Aqliy faoliyatni kuchaytiradi.

30 daqiqali uyqu esa ijodiy faoliyatga samarali taʼsir koʻrsatadi.

Bir soatlik uyqu koʻrganidan xulosa chiqara bilish, tezda foydali qaror qabul qila olish xususiyatiga samarali taʼsir oʻtkazadi.

Bir yarim soatlik uyqu esa tashvishlardan holi boʻlib, tezda uyquga ketishni taʼminlaydi va koʻz faoliyatini yaxshi boʻlishiga koʻmaklashadi. U umuman barcha uyqulardan koʻra samaraliroqdir.

Ayniqsa, bolalaringizni kunduzgi uyquga odatlantiring. Ular injiq boʻlishmaydi, xotirjam va hamisha kulib turishadi.

Oʻz vaqtida uxlab, barvakt turishga odatlaning. Yuqoridagi tavsiyalarni ham unitmang.

Madinaxon TOPILOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.