MAHALLIY KORXONALAR TOMONIDAN 2 500 NOMDAGI DORI VOSITALARI ISHLAB ChIQARILMOQDA

0
310
marta koʻrilgan.

Hozirda respublika farmatsevtika bozorida 4685 ta savdo nomidagi xorijiy dori vositalari, 1812 savdo nomidagi MDH mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari dori vositalari, 2500 savdo nomidagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar dori vositalari, 530 nomdagi substansiyalar, 1696 savdo nomidagi tibbiy buyumlar hamda 1567 tibbiy texnika muomalada aylanmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Sogʻliqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida qayd etilgan.

Shuningdek, yurtimizda oʻsadigan dorivor oʻsimliklardan dori vositalari tayyorlashga ham katta ahamiyat berilayapti. Dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini rivojlantirish maqsadida 11450 ga yer maydoniga dorivor oʻsimliklar ekilgan, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 8127 ga yer maydonida qizilmiya ildizi plantatsiyalari tashkil etilgan. Dorivor oʻsimliklar xomashyosi va qayta ishlangan mahsulotlar qator davlatlarga eksport qilinmoqda. Jumladan, oʻtgan yilda respublika boʻyicha 6300 tonna xomashyo va 5700 tonna qayta ishlangan tayyor yoki yarim tayyor mahsulotlar eksport qilingan. 

Anjumanda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan Oʻzbekiston Davlat farmakopeyasi ishlab chiqish yuzasidan ham ish olib borilayotgani ham aytib oʻtildi. Ahamiyatli jihati, respublikada farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 162 ta korxonadan 51 tasida (31 foiz) xalqaro va milliy standartlar joriy qilingan. Jumladan, 40 ta korxonada ISO 9001 xalqaro standarti, 10 ta korxonada Oʻzbekiston davlat standarti va 1 ta korxonada xalqaro “GMP – Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” standarti joriy qilingan boʻlib, muvofiqlik sertifikatlariga ega. 

Manba: OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.