Maktab oshxonalari faoliyatiga ruxsat beriladimi?

0
276
marta koʻrilgan.

Barcha ota-onalarni maktab oshxonalari faoliyatiga ruxsat beriladimi? Yoki yoʻq degan savol qiziqtiryapti.  Maktab oshxonalari faoliyat yuritishiga SSV tomonidan ruxsat berilgani yoʻq. Mabodo, ruxsat berilsa u qanday talablarga javob berishi kerak?

Maktab oshxonalari faoliyatiga ruxsat berilganda:

1.tana haroratini oʻlchanishi;

2. sogʻlom va issiq ovqatlarni tayyorlanishi;

3. bolalar ovqatlanish uchun oʻtirishlarida masofa 2 metrdan uzoqroq boʻlishini taʼminlash;

4. bir stolda 4 dan ortiq bolalar oʻtirmasligini taʼminlash;

5. qoʻllarni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish uchun toʻliq sharoit boʻlishi shart (suv, sovunlar, alohida qogʻoz salfetkalar va hokazo).

Shuningdek, Sanitariya va epidemiologiya xizmati tomonidan doimiy ravishda maktablar oshxonasi sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilishlari oʻrganiladi va nazorat qilib boriladi.

Bugungi kunda bu meʼyorlar talab darajada saqlanishi maktab rahbariyati va xodimlari hamda ota-onalar nazoratida boʻlishi kerak.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.