Bu – karam va koʻkatlardir. Amerikalik diyetologlar 27 yil davomida 13 ming kishi ustida kuzatuv olib borishdi. Tadqiqotdan maqsad parhez va aqliy faoliyatning bir-biriga bogʻliqligini oʻrganish edi.
Kishilardagi diqqat-eʼtibor, fahm-farosat tezkorligi va eslab qolish salohiyatlari koʻzda tutilgan holda test oʻtkazilgan edi. Aniqlanishicha, miya uchun eng yaxshi “ozuqa” bu – karam va koʻkatlar ekan.
Aynan ushbu neʼmatlar tarkibida vitaminlar, antioksidantlar va foliy kislota koʻp boʻlib, bu xotiraning pasayishi va Alsgeymer (parishonxotirlik) xastaligi rivojlanishining oldini olishda benazir vositalardan hisoblanadi. Zero, alloma Abu Ali ibn Sino dasturxonda koʻkatlar boʻlishining serhikmat ekanligini moziydayoq uqtirganligi bejiz emas.
gujum.uz