Momoqaymoq ildizi saratondan himoya qilishi aniqlandi

0
3188
marta koʻrilgan.
tabiat

Momoqaymoq (baʼzi hududlarda kokioʻt deyiladi) giyohining davolash xususiyatlari moʻlligi bois u kuchli malham sifatida yurtimizda  qadimdan foydalaniladi.

Kanadalik olimlar momaqaymoqning choyi saraton toʻqimalarini 48 soat ichida yoʻq qilishi va sogʻlom toʻqimalarni esa saratondan himoya qilishini aniqlashdi. Olimlar momaqaymoq ildizining foydasi kimyoterapiyadan samaraliroq ekanligini isbotladilar. Hatto, mijozlar uni toʻrt oy uzluksiz ichib tuzalib ketganligini taʼkidlashdi.

Momoqaymoq (oduvanchik) ildizi bahorda hali gullamasdan turib, kovlab olinadi-da, tozalab yuvib, somoncha shaklda toʻgʻrab, xuddi choydek damlanadi. Bir litr suvga oʻntacha ildiz yetadi. Oʻsimlik tomirlari serqatnov yoʻl chetlaridan emas, obu havosi toza va suv yoʻllari oldidan terilsa, maqsadga muvofiq. Ekologik toza ildizda shifobaxshlik xususiyati koʻproq saqlanadi.

Shuningdek,  haddan ortik soya- salqin joylardan ham terish maqsadga muvofiq emas. Uni kishda xam ishlataman desangiz, giyoh tomirlari yaxshilab  yuvib tozalangandan soʻng, soya joyda, oftob tegmagan holatda quritiladi. Agar tomir yirik boʻlsa, uzunasiga (kundalangiga emas) somoncha shaklida kesib, quritiladi. Yaxshi quritilgan tomirlarni latta xaltagacha solib, soya va quruq joyda saqlab qoʻysangiz shifobaxshlik xususiyatini yoʻqotmaydi. Qish kunlarida ham bemalol ishlatishingiz mumkin.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari  namzodi, oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.