AQSHning fanlar Milliy akademiyasi yer yuzi aholisining barchasi goʻsht mahsulotlaridan voz kechib, vegiterianga aylansa nima boʻlishiga aniqlik kiritmoqchi boʻldi.
Olimlarning fikricha faqat oʻsimliklardan tayyorlangan mahsulotlar bilan ovqatlanish ozuqaviy moddalar tanqisligi va ovqatdan toʻymaslik epidemiyasini keltirib chiqarishi mumkin.
Masalaning ikki tomoni bori. Bir tomondan organizmda uglevodlar, mis, magniy va sistein kabi ozuqaviy moddalar keragidan ortiq boʻladi. Ikkinchidan, goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qilish orqali qabul qiladigan inson tanasida zarur elementlar kamayib ketadi. Bu oʻrinda kalsiy, A va D, V12 vitaminlari, araxidon, eykozapentayen va dokozageksayen yogʻ kislotalari haqida gap ketmoqda. Ular yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi va bolalar (aqliy va koʻrish qobiliyatini) rivojlanishida muhim oʻrin tutadi.
Mutaxassislarning fikricha vegiteriancha ozuqlanish har bir kishi uchun alohida tartibda belgilanishi lozim.