Nahorda ichiladigan suvning xosiyati

0
669
marta koʻrilgan.

Nahorda ichilgan sovuq yoki iliq suv,  sharbatlar oshqozon- ichaklarning toʻlqinsimon harakatini kuchaytirib, ichni yumshatadi. Kolit(ich qotishi) kasalligiga foyda. Shuning uchun ham qabziyatdan azob chekuvchi kishilarga nahorda bir piyola suv yoki  sharbat ichish tavsiya etiladi.

Yogʻli ovqatdan keyin ichilgan suv meʼdada uzoq vaqt turib qoladi. Koʻp suv ichilganda meʼda yanada toʻladi. Natijada odam oʻzini noxush sezadi. Bundan tashqari, toʻlib ketgan meʼda-ichak harakatini kuchaytirib, ichni suradi. Shuning uchun yogʻli ovqatdan soʻng suv ichish tavsiya etilmaydi. Ozishga harakat qilayotgan kishilar ovqatlanayotgan paytda suv ichmasliklari lozim.

Shuningdek, hoʻl mevalarni yegandan soʻng ham darrov suv ichish mumkin emas. Chunki, bunda ichakda dam paydo boʻlishi mumkin.

Shuni yodda tutingki, issiq va iliq ichimliklar sovuq ichimliklarga nisbatan organizmga tez soʻrilib, tashnalikni qondiradi.

Fazilat Saʼdullayeva

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.