Nima uchun onalarimizning oyoqlari ogʻriydi?

0
1095
marta koʻrilgan.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Jannat onalar oyogʻi ostidadur» deganlar. Uning mazmun-mohiyatini juda ulugʻvor. Koʻpincha biz ulugʻvorlikni mehr-oqibat bilan bogʻlaymiz. Salomatlikka daxldor sabablarini koʻp ham gapiravermaymiz.

Alloh taolo onaning bachadonidagi suyuqlikni haddan tashqari shoʻr qilib yaratgan. Shuning natijasida, bachadon ichidagi homila vaznsiz holatda boʻlib, u doim suyuqlikning yuqori qismida boʻladi. Chunki, homila  kindigidan onaga bogʻlangan boʻlib, ushbu  rishta orqali osongina ozuqlanadi, rivojlanadi.

Shuning uchun homilador ayollarning vaqtida va toʻyib ovqatlanishi oʻzlarining va farzandlarining kelajakda sogʻlom boʻlishlarida juda muhim.

Homilador ayol toʻyib taom isteʼmol qilmasa yoki koʻproq vaqt och qolsa, homilaga keladigan ozuqa onaning tishlari va suyaklarining erishi orqali qoplanadi. Shuning uchun tugʻruqdan keyin ayollarning tishlari yemiriladi, boʻksa va oyoq suyaklari ogʻriy boshlaydi.

Ayniqsa,  ayollarning  yoshi oʻtgani sayin tishlari toʻkilishi, tizza, oyoq va boʻksa suyaklarining ogʻrishi kuchayishi kuzatiladi.

Onasining boʻksa, tizza yoki oyoq suyaklari  nima uchun ogʻriyotganini farzand bilganida, anglaganida  edi!? Shunda  faqat oʻzini oʻylayvermasdan qanday qilib onasini rozi qilish ustida bosh qotirgan boʻlardi.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan, avvalo kimga yaxshilik qilish kerakligini uch marta soʻrashganida uch marta ham onangga deya javob qaytarganlar. Toʻrtinchi marta soʻraganlarida esa “otangga” deya javob qaytarganlari ham bejiz emas. Darhaqiqat, «Jannat onalar oyogʻi ostidadur!»

Gujum.uz

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.