Olxoʻri — shifobaxsh neʼmat

0
2338
marta koʻrilgan.

Ona yurtimiz neʼmati  olxoʻri tarkibida vitaminlar va minerallar koʻpligi jihatidan boshqa mevalarga nisbatan oldingi oʻrinda turadi. Meva sharbati kaliyga boyligi bois, shishlarni qaytaradi. 

Meva sharbati yana  beta-karotin va A vitaminiga juda boy. Yana uning tarkibida S, Ye, RR, V guruhiga mansub vitaminlar, shuningdek, makroelementlar – temir, rux, yod, marganets, xrom, ftor, kremniy, kobalt, nikel mavjud. 100 gr. olxoʻri sharbatida 770 kkal mavjud. Shuningdek, unda yengil hazm boʻladigan qand, organik kislota, dagʻal tolali toʻqima (kletchatka), foydali uglevodlar, oʻsimlik oqsili va kam miqdorda yogʻ uchraydi.

Agar organizmda kolit(ich qotishi) boʻlsa, uni och qoringa ichish maqsadga muvofiq. Shunda baʼzi surgi giyoh sharbatlariga oʻxshab uni ogʻritmaydi. Bu sharbat yaxshigina peshob haydovchi boʻlgani uchun gipertoniyada, safro haydovchi sifatida oʻt qopi kasalliklarida ichish yaxshi samara beradi. Olxoʻri sharbati organizmdagi ortiqcha xolesterinni ichakdan qonga soʻrilishiga yoʻl qoʻymaydi. Uni tashqariga chiqarib yuboradi. Semizlikni oldini olishda foydasi  bor. Biroq, haddan ortiq semizlikda naf bermaydi. Yuqori qon bosimi, buyrak kasalliklarida isʼtemol qilinsa, organizmdagi ortiqcha tuz va yogʻlarni eritib yuboradi, shishlarni qaytaradi. Olxoʻri sharbati (ayniqsa, uning toʻq ranglisi)tarkibida fitonsid koʻpligi sababli meʼda-ichak yoʻllari va ogʻiz boʻshligʻini infeksiyadan tozalaydi.

Sharbat tarkibidagi temir, S vitamini va organik kislota kamqonlikni davolashda muhim xususiyatga ega. Organizmni tozalash uchun och qoringa 1 stakan olxoʻri sharbati ichishni tavsiya qilinadi. U nafaqat “yomon” xolesterinda, balki nurlanish, kanserogen va ogʻir metallar asoratidan xalos etadi. Sharbatdagi S vitamini esa qon quyulishini oldini olib, tomirlarni sogʻlomlashtiradi. Vitamin RR oʻz navbatida qon tomir devorlarini mustahkamlaydi. Sharbat tarkibi V vitaminiga boyligi uni muntazam ichib yurgan kishining asab tizimi ishini meʼyorlashtiradi va boshqa tana aʼzolari faoliyatiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

 

Vasila POʻLATOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.