Ona yurt neʼmati kartoshkaning shifobaxsh xususiyatlari

0
172
marta koʻrilgan.

Kartoshkani “ikkinchi non”  deb atashadi. Chunki, u ham non kabi meʼdaga tegmaydi. U nafaqat toʻyimli xususiyati, balki oʻzining shifobaxshligi bilan ham boshqa poliz ekinlaridan ajralib turadi.  

Kartoshka oʻz tarkibida oqsil, yogʻ, uglevodlar, organik kislotalar, V1, V2, RR, S,D,K,E,A vitaminlari, natriy, kaliy, magniy, kalsiy, temir, fosfor, yod kabi elementlarni saqlaydi. Shuningdek, bu sabzavot  inson salomatligi uchun zarur boʻlgan aminokislotalari mavjudligi bilan ham sevib isteʼmol qilinadi. 

Bodomcha bezlari yalligʻlanganda, yaʼni anginada yangi siqib olingan kartoshka sharbatini 1 soat tindiring. Soʻngra klyukva sharbati bilan qoʻshib, 1kunda 3 mahal 2 stakandan iching.

 Mayda kartoshkani olib (tuganaklar yoki kartoshka poʻchogʻi ham boʻladi) yaxshilab yuving va  uni uncha koʻp boʻlmagan suvda qaynating. Chunki bugʻ suvdan emas, kartoshkadan kelishi kerak. Uning bugʻini ogʻzi va burningiz bilan 10-15 daqiqa davomida ichingizga yuting. Ingalyasiyadan soʻng darhol oʻranib yoting. Agar yalligʻlanish jarayoni oʻtkir kechayotgan boʻlsa, muolajani 2 marta, ertalab va kechqurun bajaring.

Aritmiya — yurak ritmining buzilishida muntazam ravishda kartoshkali muolaja kunlarini oʻtkazing. Kartoshkani qirib sharbatini, uning qaynagan suvini iching yoki dimlangan, pishirilgan kartoshka suvini yoki oʻzini isteʼmol qiling.

Boldir va boʻgʻimlardagi ogʻriqni qoldirish uchun ogʻrigan joyga koʻkargan kartoshkani yaʼni vaqtida ishlatilmagan kartoshka ustidan oqish oʻsimtalar oʻsib chiqadi. Unday kartoshkani isteʼmol qilib boʻlmaydi. Biroq undan foydalansa boʻladi. U qirgʻichdan oʻtkazilib kompres (bozillama) qilib qoʻyiladi. Buning uchun kartoshkaning poʻchogʻini archmay, uni tozalab yuvib, soʻngra maydalang va uni qaynoq suvga solib isiting. Suv harorati 38 S darajaga yetishi kerak. Soʻng ogʻriqli joyga yaʼni oyoqqa yoki qoʻlga moslab tikilgan maxsus boʻz qopchani ogʻriqli joyga kiygizing. Bemorning tagiga har ehtimolga qarshi kleyonka toʻshash esdan chiqmasin.  1,5-2 smlik kartoshka malhamini  kleyonka bilan oʻrang va suvi oqmasligi uchun yana  bint bilan ham yaxshilab oʻrang. Ushbu bozillama bilan uxlashga yoting. Oyoq yoki qoʻlingiz sal balandroq boʻlsin yaʼni  yostiq ustiga qoʻying. Tanangizga issiq oʻtishi bilan orom olasiz. Ogʻriq 20-30 daqiqadan soʻng oʻtib ketadi. 

Eslatma: Agar bozillama ogʻrigan joyingizni isitmasa, demak, u yomon tayyorlangan.  Albatta uni qayta tayyorlang.  Shundagina bu holat yangi xurujgacha bezovta qilmaydi. Ushbu bozillamani har kuni kechasi takrorlang. Avval uni 7 kun qoʻyib koʻring. Qolgan kompreslarni muolaja samarasiga qarab qoʻyasiz. Agar ogʻriq muolajaning 2 yoki 3 kunida oʻtib ketsa yana kompress qilishga zarurat qolmaydi.

Fazilat Saʼdullayeva, farmatsevt

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.