Qadim qadimdan xalqimiz sarimsoqning shifobaxsh xususiyatlarini yaxshi bilishgan. Undan dori va milliy taomlar tayyorlashda keng foydalanishgan. Sharq allomasi Ibn Sino oʻz kitoblarida uning tabiiy antibiotik ekanligini taʼkidlab, juda koʻplab xususiyatlarini ochib bergan.
Bugungi kunda ham mamlakatimizda ona tuproqimizning ushbu neʼmatidan frmatsevtikada samarali qoʻllanilmoqda. Quyidagi maqolada biz sarimsoqning yosharish boʻyicha Tibet tibbiyotining sirlari bilan tanishtiramiz.
Sopol taxtachaga yozilgan quyidagi retsept 1971 yili YUNYeSKO ekspeditsiyasi tomonidan Tibet ibodatxonasida topilgan boʻlib, u eramizdan 4-5 ming yil avval bitilgan. Ushbu tavsiya amalda sinab koʻrilgan va dunyodagi koʻplab tillarga tarjima qilingan. Retseptni qoʻllash: Organizmni yogʻ va ohak qoldiqlaridan tozalaydi. Natijada moddalar almashinuvi keskin yaxshilanadi va tomirlar elastikligi ortib, miokard infarkti, stenokardiya, skleroz, falaj, turli shishlar paydo boʻlishining oldi olinadi, boshdan shovqin yoʻqoladi, koʻz oʻtkirlashadi. Aniq qoʻllanilganda organizm yasharadi.
Tayyorlash usuli: 350 gramm sarimsoq yaxshilab yuvilib, poʻstidan tozalanadi, yogʻoch yoki chinni idishda tuyiladi. Undan 200 gramm olinib, shisha idishga solinadi va 200 gramm 95 % li spirt quyiladi. Idish mahkam yopilib, 10 kun qorongʻu joyda asraladi. Keyin suyuqlik qalin matoda suziladi. 3-4 kundan soʻng davolanishni boshlash mumkin. Aniq tartib boʻyicha ovqatdan 15-20 daqiqa oldin sovuq sut bilan ichiladi. Davolash kursini olti oydan avval takrorlamaslik zarur.
Ichish kunlari Nonushta Tushlik Kechki ovqat
1-Kun 2 tomchi 2 tomchi 3 tomchi
2-Kun 4 tomchi 5 tomchi 6 tomchi
3-Kun 7 tomchi 8 tomchi 9 tomchi
4-Kun 10 tomchi 11 tomchi 12 tomchi
5-Kun 13 tomchi 14 tomchi 15 tomchi
6-Kun 15 tomchi 14 tomchi 13 tomchi
7-Kun 12 tomchi 11 tomchi 10 tomchi
8-Kun 9 tomchi 8 tomchi 7 tomchi
9-Kun 6 tomchi 5 tomchi 4 tomchi
10-Kun 3 tomchi 2 tomchi 1 tomchi
11-Kun 25 tomchi 25 tomchi 25 tomchi
Fazilat SAʼDULLAYEVA, farmatsevt