Ona yurt neʼmati: SARIMSOQNING  YASHARTIRISH XUSUSIYATI

0
584
marta koʻrilgan.

Qadim qadimdan xalqimiz sarimsoqning shifobaxsh xususiyatlarini yaxshi bilishgan. Undan dori va milliy taomlar tayyorlashda keng foydalanishgan. Sharq allomasi Ibn Sino oʻz kitoblarida uning tabiiy antibiotik ekanligini taʼkidlab, juda koʻplab xususiyatlarini ochib bergan. Bugungi kunda ham mamlakatimizda ona tuproqimizning ushbu neʼmatidan farmatsevtikada samarali qoʻllanilmoqda.

Quyidagi maqolada biz sarimsoqning yosharish boʻyicha Tibet tibbiyotining sirlari bilan tanishtiramiz.

Sopol taxtachaga yozilgan quyidagi retsept 1971 yili YUNYeSKO ekspeditsiyasi tomonidan Tibet ibodatxonasidan topilgan boʻlib,  u eramizdan 4-5 ming yil avval bitilgan. Ushbu tavsiya amalda sinab koʻrilgan va dunyodagi koʻplab  tillarga tarjima qilingan. Retseptni qoʻllash organizmni yogʻ va ohak qoldiqlaridan tozalaydi. Natijada moddalar almashinuvi  keskin yaxshilanadi va tomirlar elastikligi ortib, miokard infarkti, stenokardiya, skleroz, falaj, turli shishlar paydo boʻlishining oldi olinadi, boshdan shovqin yoʻqoladi, koʻz oʻtkirlashadi. Aniq qoʻllanilganda organizm yasharadi.

Tayyorlash usuli: 350 gramm sarimsoq yaxshilab yuvilib, poʻstidan tozalanadi, yogʻoch yoki chinni idishda tuyiladi. Undan 200 gramm olinib, shisha idishga solinadi va uning ustidan  200 gramm 95 % li spirt quyiladi. Idish mahkam yopilib, 10 kun qorongʻu joyda asraladi. Keyin suyuqlik qalin matoda suziladi.  3-4 kundan soʻng davolanishni boshlash mumkin.

Aniq tartib boʻyicha ovqatdan 15-20 daqiqa oldin sovuq sut bilan ichiladi. Davolash kursini olti oydan avval takrorlamaslik zarur. 

Quyida ichish kunlari   va tartibi bilan tanishtiramiz:                                                            

                                                Nonushta             Tushlik          Kechki ovqat

 1-kun                                    2 tomchi                    2 tomchi                 3 tomchi

 2- kun                                   4 tomchi                    5 tomchi                 6 tomchi

3-kun                                    7 tomchi                    8 tomchi                 9 tomchi

4-kun                                   10 tomchi                  11 tomchi               12 tomchi    

5-kun                                   13 tomchi                  14 tomchi               15 tomchi 

6-kun                                   15 tomchi                   14 tomchi               13 tomchi

7-kun                                  12 tomchi                  11 tomchi               10 tomchi 

8-kun                                    9 tomchi                   8 tomchi                 7 tomchi

9-kun                                    6 tomchi                    5 tomchi                 4 tomchi

10-kun                                  3 tomchi                    2 tomchi                 1 tomchi

11-kun                                25 tomchi                  25 tomchi               25 tomchi  

Raʼno Zaripova Tibet muolajalari asosida tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.