Oppoq shakar qorami?

0
186
marta koʻrilgan.

 Keyingi paytda oppoq shirin shakar  rakka olib keladi degan fikrlar koʻpayib ketdi. Bu ilmda isbotlanganmi? Biz bu borada mutaxassislarning fikrini izladik.

 Yevropa onkologlar jamiyati (ESMO), Amerika onkologlar uyushmasi (ASCO) hamda Yevropa onkolog-ginekologlar jamiyati (ESGO) aʼzosi Dmitriy Olkin  kp.ru saytida shunday  deydi: “Rak kasalini keltirib chiqaruvchi oziq-ovqatlar orasida shakar ikkinchi oʻrinda turadi deb yozishmoqda. Bu borada aniq dalillar topilmagan.Biroq, bugungi kunda ushbu mahsulot juda koʻp yeguliklar tarkibiga qoʻshilishi isbotlandi. Buning oqibatida odamlarda ortiqcha vazn paydo boʻlishi kuzatilmoqda. Maʼlumki, ortiqcha vazn qandli diabet, oʻsimta va boshqa kasalliklarning paydo boʻlish ehtimolini bir necha barobar oshiradi”.

Shu oʻrinda vrach onkolog olimlar organizmda kanserogen moddalar oshishi va rak kasali paydo boʻlishining oldini olish uchun koʻk choy, baliq, koʻkatlar, rezavor mevalar, sarimsoqpiyoz, piyoz, garimdori va koʻproq meva-sabzavotlar hamda gazsiz mineral suv isteʼmol qilishni maslahat beradi.

Xullas, hamma narsada, jumladan tanovulda ham meʼyor yaxshi.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.