Oʻrik turshagi va sharbatlarining foydasi

0
415
marta koʻrilgan.

Kuzgi va qishqi mavsumda Oʻzbekiston sharoitida koʻp yetishtiraladigan oʻrik turshagi va sharbatlaridan doimiy ravishda isteʼmol qilib turish zarur. Chunki, oʻrik tarkibida 27 foiz qand, organik kislotalar, pektin, kraxmal, oshlovchi moddalar, temir, mis, kalsiy, magniy mikroelementlar, kaliy tuzlari, vitamin S, karotin bor.

Abu Ali ibn Sino oʻrik va uning turshagidan meʼda-ichak faoliyatini yaxshilashda foydalangan boʻlsa, xalq tabobatida xafaqon va yurak xastaliklarini davolashda ishlatilgan.

Oʻrikning  turshak suvi juda foydalidir. Turshakni yurak sanchigʻi, nafas yoʻllari yalligʻlanishi, koʻkyoʻtal va isitmasi bor bemorlar muntazam isʼtemol qilishi lozim. Oʻrik turshagidan quyidagi sharbatlarni tayyorlab isteʼmol qilsangiz, tanangizni foydali va zarur moddalar bilan taʼminlaysiz.

Turshakning 10-14 donasini idishga solib, issiq suv bilan yuvib tashlang. Keyin chinni yoki sirli idishga turshakni koʻmib turadigan qilib qaynoq suv quying. Soʻngra ustini yopib, sovugunicha tindirib qoʻying. Turshak suvi tashnalikni qondirish bilan birga yurakni baquvvat qiladi.

Xolida Ochilova, oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.