Oʻsmirlarning ovqatlanishiga eʼtiborli boʻling

0
185
marta koʻrilgan.

Oʻsmir yoshdagi (13-16) bolalarning ovqatlanish rejimi oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu davrga kelib ularning boʻy-basti tez fursatda oʻsib boradi. Ayniqsa, serharakat oʻsmirlarning ishtahasi karnoy boʻladi.

Bunday paytda ota-ona ularning ovqatlanishiga eʼtiborli boʻlishi, fast-fud mahsulotlarini iloji boricha kamroq tanovul qilishini nazorat qilib borishi kerak.

Kun davomida organizm uchun kerak boʻlgan moddalarning nonushta mobaynida 25 foizini, tushlikda – 35-40 foiz, kechki choy vaqtida 15 foiz, kechki ovqatlanishda esa – 20-25 foizni gʻamlab olish kerak.

Nonushta. Sabzavot yoki meva, pishloq, tvorog va salatlar tavsiya qilinadi. Issiq ovqatlardan: sabzavotli, goʻshtli yoki baliqli taomlar tavsiya qilinadi. Ichimliklardan esa issiq choy, sharbat va sut.

Tushlik. Tushlikni u asosan maktabda tanovul qiladi. Asosan suyuq taomlar xususan shoʻrva tavsiya etiladi. Shirinliklardan pechenye, yogurt tanovul qilishi mumkin.

Kechki choy. Meva, tvorog, sabzavotli salatlar isteʼmol qilish mumkin.

Kechki ovqat. Sabzavotli goʻshtli kotlet, makaronli omlet. Uyqu oldidan esa bir stakan kefir yoki sut tavsiya etiladi.

Ayniqsa, oʻgʻil bolalarda energiyaga boʻlgan talab kuchli boʻladi. Aksariyati sport bilan shugʻullanadi. Shuning uchun ularning ishtahasi ham baland boʻladi. Ovqat tarkibi oqsil, yogʻ va uglevodlarga boy boʻlishi kerak. 1 kg tana vazniga 1, 8 kkal kaloriya toʻgʻri keladi. Demak, oʻsmir kun davomida 3 ming kkal kerak boʻladi, jismoniy harakatlanish orqali esa 3 ming 500 kkal sarflaydi.  Kun davomida oʻrtacha 1 kg tana vazniga 5 gr. oqsil kerak boʻladi. 1 kg tana vazniga kundalik 10-15 gr. uglevod toʻgʻri keladi. Uglevodning asosiy vazifasi organizmni energiyaga boʻlgan talabini qondirishdir. Fosfor kun davomida 10, 8 gr. kerak boʻladi, u moddalar almashinuvi, miya va asab tizimining yaxshi ishlashi, jigar va buyrak faoliyati uchun juda muhim hisoblanadi. Qalqonsimon bez faoliyatining meʼyorda ishlashi uchun kun davomida 130 mkg. yod zarur boʻladi. 

Aziz ota-onalar, ushbu qoidalarga rioya qilishga intiling.

Fazilat CAʼDULLAYEVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.