Oʻspirinlar qanday ovqatlanishi kerak?

0
50
marta koʻrilgan.

13-16 yoshdagi bolalarning ovqatlanish rejimi oʻziga xosligi bilan ajralib turadiBu davrga kelib oʻsmirning boʻy-basti tez  oʻsadi,  ishtahasi ham yaxshi boʻladi.

Bunday paytda ota-ona ularning ovqatlanishiga eʼtiborli boʻlishi, fast-fud mahsulotlarini iloji boricha kamroq tanovul qilishini nazorat qilib borishi kerak.

Kun davomida organizm uchun kerak boʻlgan moddalarning nonushta mobaynida 25 foizini, tushlikda – 35-40 foiz, kechki choy vaqtida 15 foiz, kechki ovqatlanishda esa – 20-25 foizni gʻamlab olish kerak.

Nonushta. Sabzavot yoki meva, pishloq, tvorog va salatlar tavsiya qilinadi. Issiq ovqatlardan: sabzavotli, goʻshtli yoki baliqli taomlar tavsiya qilinadi. Ichimliklardan esa issiq choy, sharbat va sut.

Tushlik. Tushlikni u asosan maktabda tanovul qiladi. Asosan suyuq taomlar xususan shoʻrva tavsiya etiladi. Shirinliklardan pechenye, yogurt tanovul qilishi mumkin.

Kechki choy. Meva, tvorog, sabzavotli salatlar isteʼmol qilish mumkin.

Kechki ovqat. Sabzavotli goʻshtli kotlet, makaronli omlet. Uyqu oldidan esa bir stakan kefir yoki sut tavsiya etiladi.

1 kg tana vazniga 1, 8 kkal kaloriya toʻgʻri keladi. Demak, oʻsmir kun davomida 3 ming kkal kerak boʻladi, jismoniy harakatlanish orqali esa 3 ming 500 kkal sarflaydi. Ayniqsa, oʻgʻil bolalarda energiyaga boʻlgan talab kuchli boʻladi. Ularning ishtahasi ham baland boʻladi. Ovqat tarkibi oqsil, yogʻ va uglevodlarga boy boʻlishi kerak. Kun davomida oʻrtacha 1 kg tana vazniga 2-1, 5 gr. oqsil kerak boʻladi. 1 kg tana vazniga kundalik 10-15 gr. uglevod toʻgʻri keladi. Uglevodning asosiy vazifasi organizmni energiyaga boʻlgan talabini qondirishdir. Fosfor kun davomida 10, 8 gr. moddalar almashinuvi, miya va asab tizimining normada ishlashi, jigar va buyrak faoliyati uchun juda muhim hisoblanadi. Qalqonsimon bez faoliyatining meʼyorda ishlashi uchun kun davomida 130 mkg. yod zarur boʻladi.

Fazilat CAʼDULLAYEVA, farmatsevt

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.