Oʻzbekiston bezgakdan holi davlat sifatida tan olindi

0
201
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston bezgakdan holi davlat sifatida tan olindi. Shu munosabat bilan Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovga JSSTning bezgak kasalligini eliminatsiya qilgan davlat maqomini tasdiqlovchi sertifikatini taqdim etdi.

Bu natijaga erishish uchun mamlakatimizda shifokor, sanitariya va epidemiologiya tizimi mutaxassislari tomonidan bezgakka qarshi kurashish bilan bogʻliq keng koʻlamli ish olib borildi. Maqsadli tadbirlar oʻtkazilishi natijasida yurtimizda soʻngi yillarda bezgakning mahalliy qayd etilishi umuman kuzatilmagan.

Tabiiyki, bezgak eliminatsiyasi boʻyicha halqaro sertifat olgan har bir davlat erishilgan natijani saqlab qolish uchun barcha kompleks chora tadbirlarni davom ettirish majburiyatini oladi. Mamlakatimizda ham Sogʻliqni saqlash vazirligi 2017 yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida 2017 –2021 yillarda bezgakning qayta tiklanishini oldini olish boʻyicha milliy strategiya asosida boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Eslatib oʻtamiz, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 2017 yilda Oʻzbekistonda qizamiq va qizilcha kasalligi eliminatsiya qilinganini xalqaro miqyosda eʼtirof etgan boʻlsa, endilikda esa yurtimizni bezgakning mahalliy qayd etilishidan holi hudud sifatida tan oldi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.