Oʻzbekistonda kishilar oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 1990 yildagi 67 yoshdan 2018 — yilda 74 yoshga uzaygan

0
1189
marta koʻrilgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, bugungi taraqqiyot tufayli insoniyat hayot tarzida kamharakatlilikka odatlanayotgani koʻplab tibbiy-ijtimoiy muammolarga sabab boʻlmoqda. Dunyo miqyosida qayd etilayotgan oʻlim holatining har toʻrtdan biriga aynan shu omil sabab boʻlmoqda. Masalan, sut bezi va yoʻgʻon ichak saratoni, qandli diabet, yurak ishemik kasalliklari yuzaga kelishining 25-30 foiziga ana shu jihat jiddiy turtki boʻladi.

Bunday muammoning oldini olish har bir insonning oʻz qoʻlida. Toʻgʻri, bugungi tigʻiz ish kuni soatlab sport mashgʻulotlari bajarishga imkon bermasligi mumkin. Biroq, hech boʻlmaganda kunda-kunora 20-30 daqiqalik jismoniy mashqlarni bajarish, kuniga 1-2 kilometr piyoda yurish uchun hammada imkon topiladi. Shifokorlarning aytishicha, ana shu ozgina harakat ham organizmni kislorodga toʻyintirish, modda almashinuvini yaxshilashda ijobiy natija beradi. Bunday kun tartibiga odatlangan inson xafaqon, infarkt, insult, saraton kabi ogʻir kasalliklardan oʻzini himoyalaydi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimizda aholiga tibbiy-profilaktika va patronaj yordamini koʻrsatish, onalar va bolalar salomatligini muhofazalash, kishilar orasida sogʻlom turmush tarzini va jismoniy faollikni targʻib etish bilan bogʻliq ommaviy tadbirlar natijasida fuqarolarimizning oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 1990 yildagi 67 yoshdan 2018 — yilda 74 yoshga uzaydi.

Gonk Kong, Yaponiya, Shvetsariya, Singapur kabi davlatlar aholisi dunyoda eng koʻp umr koʻruvchilar sirasiga kirib, mazkur davlatlarda oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 84 yosh sanaladi.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.