Oʻzbekistonga olib kirilishi taqiqlangan mahsulotlar roʻyxati tasdiqlandi

0
180
marta koʻrilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 dekabrdagi tegishli qaroriga asosan Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar va chiqindilar roʻyxati, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va boshqa turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar, import-eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim boʻlgan xavfli mahsulotlar hamda chiqindilar roʻyxati tasdiqlandi.

Oʻzbekiston hududida belgilangan chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun olib kiruvchilar quyidagilarga ega boʻlishi shart.  

Chiqindilarni mustaqil ravishda toʻliq utilizatsiya qiladigan, qayta ishlaydigan yoki ulardan takroriy foydalanadigan import qiluvchilar – chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki takroriy foydalanish jarayonlarining atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishi toʻgʻrisidagi bayonot loyihasi boʻyicha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga, chiqindilarni mustaqil ravishda toʻliq utilizatsiya qilishi, qayta ishlash yoki ulardan takroriy foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan import qiluvchilar – mazkur chiqindilarni topshirish yoki realizatsiya qilish yuzasidan chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga.

Ushbu “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqindilar, ayrim turdagi xavfli mahsulot va kimyoviy moddalar muomalasi bilan bogʻliq nazoratni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorning rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kirishi belgilangan.

Sh.Mamaturopova, OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.