Piyoda yurish va ochiq havoda sayr qilishning xosiyatlari

0
1466
marta koʻrilgan.

Ibn Sino tavsiyasiga koʻra inson organizmi jismonan faol boʻlishga moslashgan. Shuning uchun buyuklar aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatni uzviy bogʻlab olib borishgan. 

Bugungi kunda sogʻlom boʻlish uchun  sport zaliga borib trener koʻrsatmasiga binoan mashq bajarishga intilishadi. Aslida salomatlik uchun toza havo va manzarali joylarda sayr qilish,  piyoda yurish, sogʻlik koʻtarsa yugirish koni foyda hisoblanadi.

Piyoda yurish insonda depressiyaning yoʻqolishi, mushaklarning tonusda boʻlishi, qomatning chiroyli boʻlishi, teri rangining tiniqlashishiga olib keladi. Shu bilan birga hayotidan mamnunlik, xotirjamlik va ishga boʻlgan layoqatning ortishiga yordam beradi.

Gipertoniyadan xalos boʻlmoqchimisiz? Bir kunda 4 marotaba 10 daqiqadan piyoda yurishni odat qilsangiz, qon bosimingiz meʼyorda boʻladi. Nafas olish va oʻpka faoliyati yaxshilanishi kuzatiladi. Hujayralar kislorod bilan toʻyinadi. Yurak faoliyati ham yaxshilanadi. Immunitet koʻtariladi. Buning uchun yurak zoʻriqmasligi kerak. Bu sayr yoshi oʻtganlar uchun ayni muddao! Shuningdek sayr qilish glaukoma va boshqa koʻz kasalliklarini oldini olishga yordam beradi. Koʻrish qobiliyatida ijobiy oʻzgarishlarni kuzatasiz. Iloji boricha salqin va manzarali yam- yashil maskanlarda yuring.

Ozishning arzon va qulay usuli! 15 daqiqalik badantarbiyaga odatlaning. Vazn tashlash uchun soatlab mashgʻulot zallarida shugʻullanish unchalik ham shart emas. Yurish nisbatan osonroq va koʻproq samara bera oladi. Tadqiqotchilar toʻplagan maʼlumotlarga koʻra, u vazn tashlash nuqtayi nazaridan hattoki yugurish, suzish va velosiped haydashni ortda qoldirar ekan. Tez-tez qadamlar bilan kuniga 120 odim tashlasangiz, 15 daqiqada 100 kkal.dan xalos boʻlasiz! Mana, sizga ozishning arzon va qulay usuli! Shuningdek, musaffo havoda sayrdan keyin asab tizimi va miya faoliyatida ijobiy oʻzgarishlar kuzatiladi. 

Xotirjamlikka erish uchun 20 daqiqa sarflaysiz! Asabiy ish kunining «yuk»laridan xalos boʻlmoqchimisiz? Unda har kuni 20 daqiqagina piyoda yuring. Natija sizni, albatta, xursand qiladi. Yana chekishni tashlashni istaganlar, xumor tutganda 20 daqiqa piyoda yursalar, bu xohish ayni shu daqiqalarda oʻz-oʻzidan yoʻqolarkan.

Kayfiyatingizni koʻtarish uchun 25 daqiqani oʻzingizdan ayamang! Toza havoda, hatto, yomgʻirli kunda, yolgʻiz yoxud koʻngilga yaqin insoningiz bilan atigi 25 daqiqagina sayr qilsangiz, shirin xotiralarni eslaysiz, qalbingiz yangi va ezgu orzularga toʻladi. Natijada, oʻzingizni baxtli his qilasiz.

Tushkunlikdan chiqish usuli. Tushkunlikni yengish uchun vaqtingizni ayamang! Axir sizdan nima ketdi? 35 daqiqa toza havoda, manzarali joylarda sayr etsangiz bas! Qalbingiz orom oladi. Tabiat farzandi ekanlingizni his qilasiz. Zavqqa toʻlasiz.

Dori vositalarsiz shamollashdan  xalos boʻlishni istaysizmi? Amerikalik olimlar 45 daqiqa davomida marafonda qatnashgan ishtirokchilarning 50 foizi shamollashni yengib oʻtishganini taʼkidlashadi. Chunki, aynan piyoda yurganimizda, yugirganimizda mikroblar va viruslar taslim boʻlarkan. Demak, ayni kunlarda soya, salqin joylarda tong saharlab yugirishni unutmang!

Yurakka foyda muolaja. Britaniyalik olimlarning aniqlashicha, har kuni 1 soat davomida piyoda sayr qilgan kishilar yurak xastaliklariga kamroq duchor boʻlisharkan. Chunki, sayr yurak qon-tomir xastaliklari yuzaga kelishini 30 foizga kamaytiradi. Yurak qon- tomirlarida qon aylanishi romlashib, yurak faoliyati  yaxshilanadi. 

Bu hali hammasi emas. Piyoda yurish alsgeymir, ateroskleroz singari kasalliklarni, ruhiy tushkunliklarning oldini oladi. Shuning uchun ham vrachlar keksa yoshli insonlarga toza havoda  sayr qilishni tavsiya qilishadi.

Umuman bu  mashqlarni sogʻlikingizga va yoshingizga qarab vrach bilan maslahatlashib bajarsangiz  maqsadga muvafiq boʻladi.

Sayr jarayonida kiyim kechakka ham eʼtibor berish kerak: 1.Sifatli sport oyoq kiyimi sotib oling. Shuningdek, doimiy oʻlchamingizdan sal kattarogʻini tanlang, chunki yurish davomida oyoqlar ozroq shishadi. 2. Qulay kiyim tanlang. Yurish bilan shugʻullanish uchun nomdor va hashamatli sport kiyimi toʻplamini sotib olish shart emas. Toʻgʻri tanlangan kiyim qulayroq boʻladi. Suv oʻtkazuvchi matodan tayyorlangan, biroz choʻziladigan libos tanlang. Sovuq ob-havo sharoitida bir necha qavat kiyining. Chunki koʻchaga chiqqanda  avvaliga sovqotmaslik kerak boʻladi. Yurish jarayonida isib ketasiz va ortiqcha kiyim- kechakni oson yechish taʼminlanadi. 

Umuman ushbu  mashqlarni sogʻlikingizga va yoshingizga qarab vrach bilan maslahatlashib bajarsangiz  maqsadga muvafiq boʻladi.

Tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach Shoira BEKCHANOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.