Qahva, oʻzining barchaga maʼlum xususiyatlariga qaramay, koʻpchilik uni ichish vaqti va meʼyorlariga eʼtibor bermaydi.
Ushbu ichimlik Parkinson kasalligiga genetik jihatdan moyil boʻlgan va allaqachon ushbu kasallikning asosiy belgilari kuzatilgan odamlarga tavsiya etiladi, – deydi tibbiyot fanlari doktori, diyetolog Margarita Koroleva.
– Ushbu ichimlik dofamin va atsetilxolin sohasidagi qon aylanish tizimini yaxshilaydi, bu sizga Parkinson kasalligini namoyon boʻlishini kechiktirishga yoki uning kursini qandaydir tarzda zararsizlantirishga imkon beradi. Bundan tashqari, qahva ichaklar faoliyatini ham yaxshilaydi va ich qotishi xususiyatiga ega odamlar uchun foydalidir, – dedi M. Koroleva Jamoatchilik bilan aloqalar axborot xizmatiga bergan suxbatida.
Biroq, shu bilan birga, ichimlik salbiy taʼsirga ega, yaʼni hujayralarni suvsizlantiradi, ularning erta qarishiga olib keladi. Shuningdek, minerallarni, shu jumladan kalsiyni yuvadi. Shu sababli, homilador ayollar va menopauza (hayz koʻrishning toʻxtab borishi) davridagi ayollar ichimlikdan ehtiyot boʻlishlari kerak, chunki bu sharoitda organizmda kalsiy kamayadi.
Shuning uchun, qahvadan keyin qoʻshimcha stakan suv ichish kerak. Ovqat paytida yoki ovqatdan soʻng darhol qahva ichish zararli, chunki, u magniy, temir va sinkning soʻrilishiga xalaqit beradi.
Margarita Koroleva ikki soatlik intervalni saqlab, ovqatlanish oraligʻida ichimlikdan foydalanishni maslahat beradi. Bundan tashqari, qahvani oʻrtacha isteʼmoli bilan odamning miya faoliyatini yaxshilanishi va uning metabolizmini tezlashtirishi mumkin, deya xulosa qildi diyetolog.
Shuningdek, olimlar, qahvani meʼyorida isteʼmol qilish bilan yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkin, deb hisoblashadi. Ularning tavsiyasiga koʻra, kuniga ovqatlanish orasida besh stakangacha ichish mumkin. Albatta, bu biz bilgan 200 g. stakan emas taʼbga qarab 50-100 grammlik idishchalar bilan.
R. SAPAYEVA