Birinchi malham: Qoqioʻt (momoqaymoq, oduvanchik obiʼknovenniʼy) ildizi, chernika oʻsimligi bargi va mevasi, chayonoʻt(aronnik) bargi yigʻmalarining har biridan ikki osh qoshiq miqdorida olib, bir stakan suvda damlanadi. Iliq holiga kelgach, dokadan oʻtkaziladi. Kuniga ikki mahal 0,5 stakandan ichiladi.
Ikkinchi malham: Loviya mevasi va tut bargi (oq yoki qizil tut), lavr bargi (dafna, lavroviʼy list), chernika bargiyigʻmalarining har biridan 2-3 osh qoshigʻini yarim litr qaynab turgan suvga solinadi va 15 daqiqa suv hammomida tutib turiladi. Keyin qaynatmani dokadan oʻtkazib, kuniga 3-4 mahal bir stakandan ichiladi.
Uchinchi malham: Arpaning 100 grammi uch stakan qaynab turgan suvda damlanadi va xosil boʻlgan sharbat dokadan oʻtkaziladi. Uni kuniga 2-3 mahal 0,5 stakandan ovqatdan oldin ichiladi. Arpa sharbati jigar va qonni ham tozalaydi.
Toʻrtinchi malham: Lavr bargidan (lavroviʼy list) oʻn donasi uch stakan qaynagan suvda 2-3 soat damlanadi. Hosil boʻlgan qaynatma dokadan oʻtkazilib, kuniga uch mahal yarim stakandan ichiladi. Bu damlama qonni suyultirish xususiyatiga ham ega.
Shuningdek, shirin bodom, yer nok (topinambur) isteʼmol qilib turish qondagi qand miqdorini kamaytiradi. Yer nokni xom yoki pishirilgan holida, salatlar tarkibida foydalanish mumkin. Moshning qobiqini maydalab, damlamasini choy qilib ichish yurish ham qondagi qand miqdorini pasaytirish xususiyatiga ega.
Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari namzodi, oliy toifali vrach