Qon bosimi pasayishida va gripp epidemiyasidan himoyalanishda xalqona malhamlar

0
387
marta koʻrilgan.

Asal va limon ming dardga davo hisoblanadi. Faqat uni tayyorlash va isteʼmol qilish vaqtini bilish kerak.

 Qon bosimi pasayishi (Gipotoniya) kasaliga chalinganda  50 gramm qovurilgan va maydalangan zogʻora doni, 0,5 kg asal va 1 dona limon sharbati aralashtiriladi. Tayyor aralashma muzxonada saqlanadi va har doim ovqatdan 2 soat keyin 1 choy qoshiqdan isteʼmol qilinadi.

Gripp epidemiyasi tarqalganda undan himoyalanish uchun quyidagi usuldan foydalaniladi: 1 dona limonni qaynab turgan suvga solib, soʻng uni poʻsti bilan birgalikda maydalanadi. Keyin unga 100 gramm sariyogʻ solinib, suv 50 darajagacha sovuganidan soʻng, 2 osh qoshiq toza asal qoʻshiladi. Ushbu doridan bir kunda 6-8 marta bir boʻlak qora nonga surib yeyiladi.

Limondan tayyorlangan yoshlik eliksiri: limon sharbati, asal va pista (yoki zaytun) yogʻini 2:4:1 nisbatda aralashtiriladi. Tayyor boʻlgan malhamni ertalab nahorga 1 choy qoshiqdan isteʼmol qilinadi.

Fazilat SAʼDULLAYEVA, farmatsevt

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.