Baliq va tuxum
Ushbu mahsulotlarni birga isteʼmol qilib boʻlmaydi. Chunki mijoz buzilib pes paydo qiladi. Shuningdek, ularni sut, qatiq bilan ham isteʼmol qilish mumkin emas. Ammo, har qaysisini turli vaqtda va alohida yeyish foydali. Ayniqsa, uy tovugʻi va bedana tuxumi shifobaxsh. Baliqning kambala turi dorivor xususiyatga ega. Har ikkala mahsulot tarkibida ham omega-3 yogʻ kislotalari mavjud. Bu kislotalar rak hujayrasini nobud etadi.
Sitrus mevalar va rezavorlar
Sitrus mevalar (limon, apelsin, mandarin, kivi, avakado, ananas, banan) hamda klyukva, shuningdek, naʼmatak, malina (xoʻjagʻat), smorodina (qoragʻat), chakanda (oblepixa), qulupnay, maymunjon, anor tarkibida ellaga kislotasi hamda bioflovonoidlar mavjud. Ushbu mahsulotlar (anordan tashqari) S darmondorisiga oʻta boyligi bilan ajralib turadi. S vitamini ham antioksidant faollikka ega. Ellagova kislotasi esa rak hujayralarining oʻsishini sekinlashtiradi. U inson genini shikastlanishidan asraydi.
Pomidor
Soʻnggi yillarda naturapat mutaxassislar (tabiiy mahsulotlar bilan davolash tarafdorlari) pomidor tarkibidagi likopen moddasi saraton hujayralariga kuchli salbiy taʼsir etuvchi omil ekanligini taʼkidlashmoqda. Ayniqsa, “gʻarq” pishgan mahali uni toʻyib-toʻyib isteʼmol qilish zarur.
Foydali ziravorlar
Zanjabil va dolchinli choy hamda zarchavali osh ham shifobaxsh taʼsirga ega. Ayniqsa, zarchava saratonga qarshi kurashuvchi yaxshi antioksidant hisoblanadi. Ichak va qovuq saratonini davolashda ijobiy xususiyatga ega. Bu ziravorlar saratonning ayrim turlari bilan xastalangan bemorlar organizmida oʻziga xos enzimlarning koʻp ajralishining oldini oladi.
Gulchehra ShIRINOVA