Ramazon oyining sevimli neʼmatlari – xurmo va nisholda isteʼmoli qadimiy qadriyat!

0
110
marta koʻrilgan.

 Xurmo haqida koʻp va xoʻp gapirganmiz. Uning tarkibida vitaminlar moʻl boʻlishi bilan birga, chanqash hissini pasaytiradi.

Ramazonda oyida nisholda yeyishning ham  foydalari bisyor. U roʻza ayyomidagi  qadimiy qadriyatimiz, milliy taomimiz ekanligi bejiz emas. Inson organizmi ham goʻyo supirilmagan uydek. Har bir odamda turfa ovqatlarning qoldiqlari boʻladi. Har kuni qoʻlimizni har ovqatlanishlan avval yuvamiz, lekin oshqozonimizni yuvolmaymiz. Oʻsha nisholda tarkibidagi moddalar oshqozondagi keraksiz chiqindilardan forigʻ qiladi. Nisholdaga yetmak oʻsimligining ildizi qoʻshib koʻpirtiriladi. Obdon ishlov beriladi. Oʻsimlik tarkibidagi moddalar odam oshqozoni va ichagini tozalaydi.

Roʻza ayyomida oʻzingizni kuni bilan dadil, tetik his qilib yurishingiz uchun ovqatdan keyin 2-3 qoshiq nisholda isteʼmol qiling. Natijada immunitet mustahkamlanadi. Nisholda tarkibidagi oqsillar, kalsiy, tabiiy glyukoza va boshqa oziq moddalar organizmga quvvat bagʻishlaydi, suyaklar va mushaklar uchun koni foyda.

Ushbu shirinlik uglevodlarga boy boʻlib, charchagan va kuchsizlangan paytda foydalidir.  Kuni bilan suv ichilmagani uchun yoʻtal va tomoq ogʻrigʻ paydo boʻlishi mumkin, ushbu dardga chalinmasligining oldini oladi. U modda almashinuvini yaxshilab, hazm jarayonini yengillashtiradi. Ayniqsa, oshqozon shilliq qavatini muhofaza qiladi.

Shirinliklar, jumladan, xurmo va nisholda, miyada “hursandlik gormoni” (serotonin) ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirib, kayfiyatni koʻtarib, ruhiy holatni ham yaxshilaydi.

Faqat, qandli diabeti bor odamlar koʻp isteʼmol qilmasligi kerak.  Shuningdek, haddan tashqari koʻp yeyish semizlikka olib kelishi mumkin.

Farmatsevt Fazilat SAʼDULLAYEVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.