Ramazonda toʻgʻri ovqalanish tartibiga eʼtibor qiling!

0
438
marta koʻrilgan.

Ramazon oyida toʻgʻri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Uzoq soatlik ochlikdan soʻng, turli taomlarga boy iftorlik dasturxoni bizning Ramazonda sogʻlom ovqatlanish haqidagi orzularimizni yoʻqqa chiqarishi mumkin. Ramazonda toʻgʻri ovqatlanish haqida bilish juda muhimdir!

Taomlanishni xurmodan boshlang. Xurmo — bu roʻza paytida kun davomida energiya bilan taʼminlaydigan uglevodlarning manbai hisoblanadi. Xurmo magniy va kaliyga boy.

Koʻp miqdorda suv iching. Ayniqsa issiq havoda tanangizni suv bilan taʼminlash uchun yetarli miqdorda suv ichish juda muhimdir. Kun davomida chanqamaslik uchun ogʻiz ochilgandan keyin va saharlikdan oldin yetarlicha suv iching. Ertalab ikki stakan suv isteʼmol qilib, keyin ovqatlaning va yana kamida bir stakan suv bilan yoping. Iftorlikda ham shu tartibni takrorlang.

Chanqatadigan ovqatlar va mahsulotlardan saqlaning. Tuzli ovqatlar, konservalar, tuzlangan yongʻoqlar, bodringlar, baliqlar, ziravorlarga boy ovqatlardan saqlaning, chunki ular sizda chanqoq hissini chaqiradi. Koʻproq meva-sabzavotlarni isteʼmol qiling, ular organizmning suv zahiralarini yangilaydi va toʻldiradi.

Sekin, shoshmasdan iftorlik qiling. Uzoq muddatli ochlikdan soʻng, tanaga katta miqdordagi oziq-ovqat tushishi – stressdir. Moʻtadil boʻlishga harakat qiling, iftorni xurmo, suv bilan boshlang, keyin shoʻrva, salat yeyishingiz mumkin. Bir muncha vaqt oʻtgach, asosiy taomga oʻting. Ortiqcha ovqatlanish ovqat hazm qilishda muammolar va oshqozon ogʻrigʻiga sabab boʻlishi mumkin.
Iftorni iliq shoʻrva bilan boshlash roʻza tutgandan keyin eng yaxshi ovqat boʻlib, organizmning ozuqaviy moddalarini toʻldiradi va tanani ogʻirroq ovqatlar uchun tayyorlaydi.

Taomingizda barcha kerakli nutriyentlar mavjudligiga ishonch hosil qiling. Oqsillar, sabzavotlar, yormalar, mevalar va foydali yogʻlar kabi ovqatlar boʻlishi kerak.

Sogʻlom ovqatlarni tanlang. Ratsioningizda don, yormalar, tovuq goʻshti, yogʻsiz goʻsht, baliq, zaytun moyi va mevalar boʻlishi kerak. Qovurilgan, shoʻr va yogʻli ovqatlardan saqlaning. Goʻsht, dukkaklilar, tuxum va sut mahsulotlari oqsilga boy. Ushbu oziq-ovqat mahsulotlaridan kamida bittasini har kuni isteʼmol qilishingiz kerak.

Shirinliklardan saqlaning. Iftordan keyingi shirinliklar qorinda gaz toʻplanishiga sabab boʻladi va ovqat hazm qilishni buzadi. Bundan tashqari, u qondagi glyukoza miqdorini oshiradi, bu esa shirinliklarga boʻlgan ehtiyojni yanada oshiradi. Shuning uchun iftorlikdan 2–3 soatdan keyin shirinliklarni isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Shirinliklarni foydaliroq mahsulotlarga: xurmo, quruq mevalar, shirin mevalar bilan almashtirish kerak.

Qahva (kofe) ichishdan tiyiling. Ramazon oyida bosh ogʻrigʻi va uyqusizlikka yoʻl qoʻymaslik uchun kofe isteʼmol qilishni kamaytirishga harakat qiling.

Kuniga uch marta ovqatlanish. Ramazon oyida ham kuniga uch mahal ovqatlanish muhim ahamiyatga ega, bunda iftorlik, saharlik va ular orasida yengil tamaddi qilib olish kerak. Asosiy ovqatlanishingizni uch qismga boʻling. Uchdan bir qismi murakkab uglevodlar, uchdan biri yogʻsiz goʻsht yoki baliq, qolganlari esa sabzavot. Bu sogʻlom muvozanatli ovqatlanish boʻladi.

Gujum. uz saytining  14.04.2021 yil sanasidan olinib, qayta chop etildi. Roʻza ayyomlaringiz muborak boʻlsin!

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.