Respublikamizda 2021 yildan majburiy tibbiy sugʻurta tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi

0
218
marta koʻrilgan.

Respublikamizda 2021 yildan majburiy tibbiy sugʻurta tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishi loyihalashtirilgan. Birinchi boʻlib, Sirdaryo viloyatida amalga oshiriladi, deya xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.  

Mazkur viloyatda tibbiyot muassasalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari bilan shartnoma tizimi, kafolatlangan tibbiy xizmat hajmi hamda jon boshiga va har bir davolangan shaxs uchun toʻlov tizimini yaratish belgilab oʻtilgan.

Ikkinchi bosqichda 2023 – 2025 yillar davomida yana oltita viloyatlar qamrab olinadi. Uchinchi bosqichda 2025 yildan boshlab barcha hududlar toʻliq qamrab olinadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi ayni paytda ushbu yoʻnalishda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida tegishli milliy va xalqaro tashkilotlar, ilm-fan muassasalari, malakali ekspertlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Ushbu hamkorlik natijasida «Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Bu modelni birlamchi darajada amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Majburiy tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tashkil etiladi.

Surat https://mind-hacks.wonderhowto.com saytidan olindi.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.