SARATON KASALLIGINING OLDINI OLUVCHI MAHSULOTLAR

0
394
marta koʻrilgan.

Toʻgʻri ovqatlanish yoʻli bilan har qanday kasallikning oldini olsa boʻladi. Jumladan, oʻsma kasallikning ham oldini olish mumkin.

Karam turlari. Krestguldoshlar oilasiga mansub barcha turdagi karamlar (brokolli, rangli karam, bosh karam, bryussel karami), salat oʻsimligi kuchli antioksidant hosil qiluvchi indol moddasiga boy. Glutatationperoksidaza fermenti organizmdagi ortiqcha estrogenlar faolligini susaytiradi. Chunki, bu gormonlarning ortiqchasi xotin-qizlarda koʻkrak saratoni rivojlanishiga turtki boʻladi. Shuningdek, ushbu mahsulotlar tarkibida yana bir rakka qarshi samarali taʼsir etuvchi antioksidant, yaʼni S darmondorisi mavjud. Bu sabzavotlar tarkibidagi foydali mikro va makro elimentlar parchalanib ketmasligi uchun ularni xom holicha yoki bugʻda, dimlab pishirish zarur.

Soya va undan tayyorlangan mahsulotlar. Dukkakli soya doni ( bu mahsulot loviyadan kichkina va moshdan kattaroq boʻlib, asosan Koreya, Yaponiya va Xitoy oshxonasida keng qoʻllaniladi) va uning mahsulotlari boʻlmish tofu, tempex, miso va soya sousi ham inson hayoti uchun xavfli boʻlgan zararli oʻsma hujayralarini nobud etadi. Shuningdek, uning tarkibida izoflovonlar hamda fitoestrogenlar mavjud. Bu moddalar esa turli saraton xastaliklari xavfini oldini oladi. Yana soya va uning mahsulotlari nurlanish va kimyoterapiyaning organizmga zararli taʼsirini kamaytiradi.

Piyoz navlari hamda sarimsoqpiyoz. Sarimsoqpiyoz organizmdagi zararli moddalarni oʻziga “bogʻlab oladi” va tanadan chiqarib yuboradi. Ayniqsa, kashandalar uchun bu mahsulotni isteʼmol qilish juda foydali. Sababi tamaki tarkibida zararli kadmiy moddasi mavjud. Oʻziga xos iforli sarimsoqpiyoz esa uni vujuddan tozalab tashlaydi. Shuningdek, bu piyoz qonda oqqon tanachalari faolligini oshiradi. Ular esa oʻz navbatida rak hujayralarini nobud etadi. Meʼda saratoni rakning eng koʻp tarqalgan turi hisoblanadi. Muntazam ravishda ovqat ratsionida sarimsoqpiyoz va piyozning boʻlishi esa uning oldini oladi. Oltingugurt moddasi ham sarimsoqpiyoz tarkibida mavjud. Bu modda jigarning turli zararli moddalarni zararsizlantirishga koʻmak beradi. Piyoz ham sarimsoqpiyoz kabi xususiyatga ega. Ammo uning taʼsiri bu mahsulotga nisbatan kamroq. Har ikkala mahsulot tarkibida ham allitsin moddasi mavjud. Bu esa oʻzida oltingugurt moddasini tutadi hamda kuchli zararli moddalarni nobud qilish xususiyatiga ega.

Qoʻngʻir tusli dengiz oʻtlari. Ular tarkibida juda koʻp yod moddasi mavjud boʻlib, bu modda esa qalqonsimon bez faoliyatiga ijobiy taʼsir etadi. Chunki, bu ichki sekretsiya bezi qonda qand moddasi metabolizmini nazorat qiladi. Shuningdek, qoʻngʻir tusli dengiz oʻtlari tarkibida yana selen moddasi ham bor. U ham kuchli antioksidant hisoblanadi.  

Agar qonda qand moddasi almashinuvi susaysa, bu rak hujayralarining rivojlanishiga qulay muhit yaratadi.

Gulchehra ShIRINOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.