Shifobaxsh va tabiiy eliksirni tayyorlash uchun 100 ml yangi siqib olingan limon sharbati, 200 gramm toza asal va 50 gramm zaytun yogʻini aralashtirib, och qoringa bir choy qoshiqdan isteʼmol qilish kifoya.
Yuqorida koʻrsatilgan aralashmani (1:2:0,5) har kunlik yangi ertalabki isteʼmolini quyidagi miqdorda tayyorlash mumkin: 1 choy qoshiq yangi limon sharbati, 2 choy qoshiq toza asal va 0,5 choy qoshiq zaytun yogʻi.
Agar ushbu aralashmadan doimiy ravishda isteʼmol qilinsa, inson vujudini yoshartiradi. Immunitetni kuchaytiradi, salomatlikni mustahkamlaydi, yuz terisi rangini tiniqlashtiradi, koʻzlarni nurlantiradi, umuman butun teri esa silliqlashib boradi. Bundan tashqari, inson jismidagi qon-tomir tiqinlaridan qutiladi va sklerozni oldini oladi yaʼni eslash qobiliyatiga ijobiy taʼsir qiladi, xotirani tiklanishiga koʻmaklashadi.
R. Zaripova tayyorladi.