Shifobaxsh giyohlarni saqlash xaqida foydali maslahatlar

0
321
marta koʻrilgan.

Shifobaxsh oʻtlar xonaning salqin, quruq, bolalarning qoʻli yetmaydigan joyida saqlanadi. Oʻt solingan quticha yoki paketni toza karton qutichaga soling va qopqogʻini mahkam yopib qoʻying.

Dorivor giyohlarni juda koʻp miqdorda sotib olmang. Aks holda ularni uzoq vaqt saqlaganda shifobaxshlik xususiyati kamayib qoladi. Qutichaning ogʻzini ochib, giyohdan keragini olgach, keyin uni yana mahkam yopib qoʻying. 

Naʼmatak va qora qoragʻat (smorodina)ning saqlash qoidalariga juda puxta rioya qilish zarur. Chunki, yorugʻlikda, nam xonada, harorat pasayib ketganda bu oʻsimliklar tarkibidagi vitaminlar, avvalo, askorbin kislota kamayib ketadi.

Efir moyi mavjud oʻsimliklar – moychechak guli, dorivor valeriana ildizi, yalpiz va mavrak (choʻl yalpizi)larni saqlash  tartibi ham oʻziga xos.  Ushbu giyohlarni alohida saqlash lozim. Shundagina ularning oʻtkir va xushboʻy hidi bir-biriga oʻtib ketmaydi. Shuning uchun bu oʻsimliklarni alohida shisha idishlarga solib, ogʻzini pergament qogʻoz bilan oʻrab, polietilen qopqoq bilan yopib qoʻyish zarur.

Shifobaxsh oʻtlarni oziq-ovqat mahsulotlari, yangi hamda sarxil meva va sabzavotlar, yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalar yonida saqlash mumkin emas.

Xonadagi nam havo, yuqori harorat shifobaxsh oʻsimliklarda, xususan, ularning tarkibida qand miqdori koʻp boʻlsa turli hasharotlarning koʻpayishiga olib keladi.

Fazilat Saʼdullayeva tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.