Shifobaxsh qum muolajasi

0
2370
marta koʻrilgan.

 Shifobaxsh qum muolajasi qachon qabul qilinadi? Iqlimdagi namlik asta  — sekin badanga kirib boradi va kishini betob qilishi mumkin. Namlik hoʻl sovuq hisoblangani bois uning davosi quruq issiqlik yaʼni shifobaxsh qumlardir.

Qum vannalari, qumga tushish, psammoterapiya – issiq qumdan davo maqsadida foydalanish; issiq bilan davolash usullaridan. Qadimda kuyoshda qizigan issiq qum bilan davolash keng rusum boʻlgan. Arab, yunon, rimliklar va Sharqiy Hindiston aholisi oʻrtasida bu usul samarali qoʻllanilgan. Shuningdek, Xorazmliklar ham tabiatning bu neʼmatidan, ushbu usuldan keng foydalanishadi.

Qum vannalari haqidagi maʼlumotlar Ibn Sino qoʻlyozmalarida ham qayd etilgan. «Agar qumdan mahorat bilan foydalana olsangiz, moddalar almashinuvini yaxshilashga erishiladi. Inson baquvvat boʻlib, kayfiyati tetiklanadi. Ortiqcha moddalar tezda erib, ter bilan chiqib ketadi, u surunkali sovuqlikni bartaraf etadi, bosh ogʻriqni qoldirib, miyani mustahkamlaydi».

Qum quruq issiqlik boʻlib, namlikni badandan ter bilan birga chiqarib yuboradi. Qumli muolaja uchun yozning iyul oyidan sentyabrning oʻn beshinchi sanasigacha boʻlgan davr tavsiya etiladi. Yaʼni qum obdon qizigan yozning chillasa davri tanlnadi.

Qumga tushishdan avval albatta qon bosimini oʻlchatib olish zarur. Issiqlikning yuqori darajasi qon bosimini koʻtarib yuborishi mumkin.

Qumga tushishdan avval, qumning yuzasini ariqcha shaklida ochib, 5-6 daqiqa ariqchada yotib koʻrasiz. Ahamiyat bering, qum zarralari badaningizning qayeriga yopishgan boʻlsa oʻsha aʼzoga nam oʻtgan. Bu tananing aynan shu qismlariga eʼtibor qaratish kerakligini anglatadi. 10-15 daqiqalik qum muolajasini soat 11:00 dan 13:00 gacha, 15:00 dan 17:00 gacha boʻlgan soatlarda qabul qilasiz. Faqat oyoqlaringizning oʻzi bezovta qilsa, qumli muolaja oyoqlarning oʻzida oʻtkaziladi. Qumda boʻlganda boshingizga soyabon oling. Yoningizda iliqroq choy solingan idish boʻlgani ham maʼqul.

Qum vannalarini poliartrit, periferik nerv tizimi kasalliklari, ayollar jinsiy aʼzolarining surunkali kasalliklarida buyuriladi.Tez-tez shamollab turuvchi kishilarga ham koni foyda.

 Qumdan chiqqach, paxtadan tayyorlangan kiyimlar kiyish lozim. Chunki terlash davom qiladi. Tushlikka esa  sholgʻom, sabzi, kartoshka va koʻkatlar solingan tovuq shoʻrva ichish maqsadga muvofiq. Qovun-tarvuz, meva, har xil sharbat va ichimliklar isteʼmoli mumkin emas. Sovuq neʼmatlar isteʼmoli umuman mumkin emas. Qumga uch yoki besh kun tushiladi. Muolaja tugamagunicha yuvinib boʻlmaydi. Yoʻqsa yana namlik yigʻilishi mumkin.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.