Shuvoqning salomatlikka foydali xususiyatlari

0
1974
marta koʻrilgan.

Xalq tabobatida 500 gramm  shuvoq 6 litr suvda mil-mil qaynatilib, 10 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, ovqat hazmi buzilganda, jigar, meʼda, taloq, oʻt pufagi kasalliklarida foyda qiladi.
Shuvoq qaynatmasidan 10 kun 3 mahal 50 grammdan parhez bilan ichilsa (parhez: non-choydan boshqa narsa yemaslik), bavosil, bezgakni tuzatadi, ishtahani ochadi, uyquni joyiga keltiradi, gijjalarni tushiradi.
Qaynatmani 15 kun 2 mahal yara-jarohatlarga surtib bogʻlansa, tuzatadi.
Qaynatmasini 10 kun 3 mahal 2 oshqoshiqdan ichilsa, hayzni meʼyoriy holga keltiradi.
Shuvoqning hoʻlligida siqib olingan suvi sariq va istisqo kasalligida 20 kun 3 mahal 1 oshqoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.
Qaynatmasini 15 kun 3 mahal 2 oshqoshiqdan och qoringa ichilsa, nafas yoʻllari shamollashi, kamqonlik, revmatizm, bronxial astma va uyqusizlik kasalliklarining oldini oladi.
Shuvoq qaynatmasi meʼda-ichak yoʻli ishini jonlantirib, oʻt ajralishini va meʼda osti bezi faoliyatini kuchaytiradi, ovqat hazmini yaxshilaydi. Ovqat tarkibidagi zararli bakteriya va zamburugʻlarni oʻldirib, yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi, markaziy nerv sistemasini qoʻzgʻatib, yurak ishini joyiga keltiradi. (qaynatmani 15 kun 3 mahal 2 oshqoshiq?dan ichish kerak)

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.