Sogʻlom ovqatlanish deganda nimani tushunasiz?!!

0
371
marta koʻrilgan.

 Millatning intellektual salohiyati koʻp jihatdan ularning  sogʻlom ovqatlanishiga, toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishiga, shuningdek, millat genofondi, sogʻlom hayot kechirish davomiyligi, mehnat unumdorligi koʻp jihatdan aynan tibbiyot fani belgilab bergan meʼyorlarga mos keluvchi mineral va vitaminlar isteʼmol qilishga uzviy bogʻliqdir.

 Koʻproq mamlakatimizda yetishtirilgan meva va sabzavotlarni isteʼmol qilish maʼqulroq, chunki odam tanasi shu yerning suvi, tuprogʻi va iqlim sharoitiga genetik moslashgan boʻladi. Ular har kuni kamida 400 gramm sabzavot va mevalar isteʼmol qilishlari maqsadga muvofiq. 

 Ovqatlanishda albatta sarf boʻlgan quvvat oʻrnini qoplash, tana vaznini meʼyorda ushlab turish, yaʼni semirib ketish yoki ozib, holsizlanishning oldini olish muhim ahamiyatga ega. Bunda ham albatta, odamning yoshi, jinsi, boʻyi, mehnat turi inobatga olinishi shart.

Oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, aminokislotalar, yogʻ kislotalari va fitonsidlar miqdori balanslashgan boʻlishi zarur. Oddiyroq qilib aytganda, oziq-ovqatlar turli-tuman boʻlishiga eʼtiborni qaratish lozim, shunda ular fermentlar tomonidan yaxshi parchalanadi va oson hazm boʻladi;

 Shirinliklar, yogʻlar va xolestirin miqdorini cheklash tavsiya etiladi. Hayvon yogʻlari va goʻsht mahsulotlarini haddan ziyod isteʼmol qilish yaramaydi, ular oʻrnini oʻsimlik yogʻi, mosh, noʻxat, loviya, baliq va parranda goʻshtiga almashtirish mumkin.

 Ovqatda kaliy miqdori yetarli darajada  boʻlishi lozim, yaʼni osh tuzi  kuniga 5 grammdan oshmasligi kerak.

 Kun davomida (besh mahal) oziq-ovqat mahsulotlarini kam-kamdan va tez-tez qabul qilinishi foydaliroq boʻlib, qonda qand va xolesterin miqdorining kamayishini taʼminlaydi. 

 Choyni ovqatlanishlar orasidagi tanaffuslarda iching.  Sut, qatiq, shuningdek tvorog, yogurt, pishloq yeb turing. Chunki ularning tarkibida  suyaklarni mustahkamlovchi minerallar mavjud.

Shoira Bekchanova,   tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.