Sogʻlom turmush tarzi avvalo toʻgʻri ovqatlanishdir

0
221
marta koʻrilgan.

Aholining sogʻlom turmush tarzi madaniyatini yuksaltirish chora — tadbirlarini avvalo, oiladan boshlash lozim. Ayniqsa, ovqatlanish  tartibi hamda badan tarbiyaga alohida ahamiyat berish kerak.

 Har kanday kasallik organizmda immunitet tanqisligi oqibatida yuzaga keladi. Agar organizmga kerakli vitamin va boshqa mineral moddalar vaqtida taʼminlansa organizmdagi barcha tirik hujayralarning toʻyimlilik mikdori meʼyorida boʻladi. Bu degani immunitet tanqisligining oldi olinadi. Gohida turmush tashvishlari deb vaqtida ovqatlanish tartibi buziladi. Shuning uchun har qanday sharoitda oʻz vaqtida ovqatlanish zarur.

Shuningdek, ovqatlanish jarayonida turli mahsulotlardan toʻgʻri foydalanishni oʻrganish muhim. Turli kimyoviy usulda tayyorlangan salkin ichimliklar, gamburger, chipsi kabi turli yengil-yelpi tamaddilardan iloji boricha kam foydalanish maqsadga muvofiq.

Agar eʼtibor bersak,  bobo- momolarimiz faslga qarab ovqatlanishgan.  Koʻproq tabiiy narsalar – meva qoqilari, asal, novvot, mayiz, yongʻoq, meva va koʻkatlar  kabi mahsulotlardan keng foydalanishgan. Bu tabiiy mahsulotlarni isʼtemol qilgan  kishi uchun dori ichishga hojat qolmaydi. Bolalarimiz isʼtemol kilayotgan bugungi kundagi kimyoviy oziq- ovkatlarning bari, deyarli 70-80 foyizi sovuqlik keltirib chiqarishi bilan birga tuyimsiz, darmondori yaʼni vitaminlardan yiroq, qolaversa organizmni kuchsizlantiruvchi mahsulotlardir.

 Tabiiy mahsulotlar isʼtemoli kasallik keltiruvchi omillarni yengib oʻtishga koʻmakchidir.

Shuningdek, badan tarbiya bilan shugʻullanish, ochiq havoda koʻproq piyoda  yurishning ham ahamiyati muhim. Toʻgʻri ovqatlanish va badan tarbiya naslimizni himoya qila bilishimizdir.

Xulosa shuki, toʻgʻri ovqatlanish madaniyatiga eʼtibor bermasak nafakat kasallik, balki naslimizning buzilishiga ham oʻzimiz hissa qoʻshgan boʻlamiz.

 Hurmatli ota-onalar oiladan boshlangan sanitariya hamda taʼlim — tarbiya sogʻlom avlodning asosiy mezonidir.

Fazilat Saʼdullayeva tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.