Sunʼiy tirnoqlarning zarari

0
446
marta koʻrilgan.
Tabiiy tirnoqlar ustiga yopishtirilgan sunʼiy bezaklar ularni kisloroddan mahrum etadi. Chunki, Jismimizdagi barcha aʼzolar qatori tirnoqlar ham nafas oladi.

Agar tirnoqning  usti lak bilan qoplansa yoki unga sunʼiy tirnoqlar yopishtirilsa ularni “boʻgʻib qoʻyadi”. Natijada havosiz muhitda turli zamburugʻli kasalliklar rivojlanadi. Tirnoqlar rangi tabiiy jilosini yoʻqotadi.

Rangpar va moʻrtlashib qolgan tirnoqlarga bir oz dam berish lozim. Sunʼiy tirnoqlarni kosmetolog maxsus suyuqlik yordamida olib tashlaydi yoki uy sharoitida oʻzingiz ham mutaxassis maslahatiga amal qilgan holda buni bajarishingiz mumkin.

Aslida tabiiy goʻzallikka nima yetsin!

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.