Surunkali uyqusizlik oqibatlari

0
117
marta koʻrilgan.

AQSHlik mutaxassislar uyqusizlik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini hisoblab chiqishdi. Ularning fikricha, asoratlar turli odamlarda turfa boʻlishi mumkin. Umumiylik shundaki, uyqusiz oʻtgan bir sutkadan soʻng inson bosh ogʻrigʻi, quloq shangʻillashi, tana haroratining oʻzgarishi kabi holatlarni his qiladi.

Ikkinchi kuni esa koʻz osti koʻkaradi, koʻz tomirlari yoriladi, tanada yengil qaltiroq paydo boʻladi, tana harorati 35,8 gradusgacha tushishi kuzatiladi. Uyqusizlikning uchinchi kuni odam sekin harakatlana boshlaydi, miyasida beʼmani oʻylar paydo boʻladi. Toʻrtinchi kun esa koʻrish va eshitish gallyusinatsiyasi (yoʻq narsalarning koʻrinishi va eshitilishi) sodir boʻladi.

Beshinchi kuni esa gallyusiya insonni uzluksiz taʼqib qiladi. Faollik kuchli charchoq bilan almashinib turadi. Oltinchi kuni qoʻrquv, paranoyya (ruhiy kasallik) va agressivlik paydo boʻladi. Miyaning faoliyati sekinlashadi.

Aziz mushtariylar, kuch- quvvatingizni muntazam saqlash uchun oʻz vaqtida uxlang, orom oling. Ayniqsa, farzandlaringizga eʼtibor bering. Televizor koʻrish, telefon oʻynash bilan band boʻlib, orom paytlarini oʻtkazib yuborishmasin. Tinchgina oʻtiribdi-yu deya,  bolaga befarq boʻlmang.

Fazilat SAʼDULLAYEVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.