Surunkali uyqusizlik qanday oqibatlarga olib keladi?

0
257
marta koʻrilgan.

AQSHlik mutaxassislar uyqusizlik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini hisoblab chiqishdi. Ularning fikricha, simptomlarning paydo boʻlish tezligi turli odamlarda farq qilishi mumkin. Umumiy hisobda, uyqusiz oʻtgan bir sutkadan soʻng inson bosh ogʻrigʻi, quloq shangʻillashi, tana haroratining oʻzgarishi kabi holatlarga duch keladi.

Ikkinchi kuni esa koʻz osti koʻkaradi, koʻz tomirlari yoriladi, tanada yengil qaltiroq paydo boʻladi, tana harorati 35,8 gradusgacha tushishi kuzatiladi. Uyqusizlikning uchinchi kuni odam sekin harakatlana boshlaydi, miyasida beʼmani gʻoyalar paydo boʻladi. Toʻrtinchi kun esa koʻrish va eshitish gallyusinatsiyasi (yoʻq narsalarning koʻrinishi va eshitilishi) sodir boʻladi.

Beshinchi kuni esa gallyusiya insonni uzluksiz taʼqib qiladi. Faollik kuchli charchoq bilan almashinib turadi. Oltinchi kuni qoʻrquv, paranoyya (ruhiy kasallik) va agressivlik paydo boʻladi. Miyaning asosiy hududlari sekin ishlashni boshlaydi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.