SUYAK SINGANDA toʻrt bosqichli dastur

0
95
marta koʻrilgan.

Baʼzida yiqilib, qoʻlingizni sindirib qoʻysangiz, ancha vaqtgacha bitmay yuradi. Quyida suyak toʻqimalarini tiklash toʻgʻrisidagi dastur bilan tanishasiz. U 4 bosqichdan iborat boʻlib, ularning har biri taxminan bir haftacha davom etadi.

Jarohatlangan zahoti yarani tozalash jarayoni boshlanadi. Uni jadallashtirish maqsadida vitamin A dan foydalanish kerak. Buning uchun qirgʻichdan chiqarilgan sabziga oʻsimlik yogʻi yoki yogʻli smetanani qoʻshib, isteʼmol qilish lozim.

Ikkinchi hafta yangi suyak toʻqimalari uchun zarur boʻlgan oqsil sintezlanadi va hujayralar faol boʻlina boshlaydi. Bu vaqt mobaynida qaynatilgan tuyoq, yaʼni ilvira (xolodets), goʻshtli shoʻrvalar isteʼmol qilish kerak. Vitamin S (namaʼtak, qora smorodina, ildizmevali oʻsimliklar) va temir moddasi (goʻsht, lavlagi, anor sharbati) juda zarur.

Uchinchi hafta suyak tiklanishi davom etadi. Shuning uchun kalsiyga ehtiyoj ortadi. Koʻproq pishloq, tvorog va boshqa sut mahsulotlarini isteʼmol qiling! Bundan tashqari, qaynatilgan tuxum poʻchogʻini maydalab, kukun holiga keltiring va boʻtqaga qoʻshib, isteʼmol qiling. Kalsiyning yaxshi hazm boʻlishi uchun vitamin D (baliq yogʻi, yogʻli dengiz baligʻi) ham kerak.

Toʻrtinchi bosqichda dastlabki suyak qadogʻi yangidan paydo boʻladi. Bunda, ayniqsa, vitamin D juda muhim. Taomnomani yogʻli dengiz baligʻi bilan toʻldirish kerak. Shuningdek, koʻproq sayr qilish lozim! Yaxshisi, oftobda sayr qilgan maʼqul.

Soliyjon BEKCHANOV, tibbiyot fanlari doktori
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.