Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, har yili alkogol va tamaki mahsulotlari taxminan 3,5 va 5 million kishining umriga zomin boʻlayapti. Bu koʻrsatkichni avtohalokat yoki saratonning baʼzi turlari bilan qiyoslash mumkin.
Bu zararli odatlar ishemik yurak kasalligi, oʻpka saratoni, surunkali bronxit va amfizem, septik oshqozon yarasi va boshqa koʻplab kasalliklarni rivojlanishini tezlashtirishi isbotlangan. Afsuski, dunyoda erkaklarning 50 foizi va ayollarning esa 25 foizi sigaret chekmoqda va chekish har oʻndan birining oʻlimiga sabab boʻlayapti. Ularning sigaret chekmaydiganlarga nisbatan miyokard infarktidan vafot etishi 5 baravar yuqori. Har bir sigaret chekish umr koʻrishni 5 – 15 daqiqagacha qisqartirmoqda.
JSST maʼlumotlariga koʻra, yiliga kishi boshiga 8 litr spirtli ichimlik isteʼmol qilish har qanday millat genofondiga jiddiy tahdid soluvchi chegara hisoblanadi. Spirtli ichimliklar odatda giyohvand moddalar va turli zaharlar kabi dastlab hayajonlantiradi, keyin esa paralizatsiyalovchi taʼsir koʻrsatadi. Alkolgol mahsulotlarini tez-tez isteʼmol qilish turli organlar faoliyati buzilishiga olib keladi.
Manba: minzdrav.uz