Tarvuz tanlashni bilasizmi?

0
571
marta koʻrilgan.

Hozir yoz, ayni pishiqchilik mavsumi. Ammo, havo issiqligidan mevalar tez aynib qolyapti. Ayniqsa, tarvuzdan zaharlanish koʻp uchrayapti. Gap shundaki, tarvuz kesilgandan soʻng, sovitkichda qoʻymasangiz tez ayniydi.

Hozir dam olish uchun toqqa chiqayotganlar ham koʻpincha tarvuz olishadi. Uni kesgandan keyin bittada yemasangiz, jaziramada aynib qoladi. Ertalab kesilgan tarvuzni kun tigʻi ostida qoldirib, tushlikda yoki kechki payt aslo isteʼmol qilmang!                                                                     

Kesilgan tarvuz sovitkichda saqlansa ham ustki qavatini kesib olib tashlab, keyin isteʼmol qilish kerak. Negaki unda bakteriya va mikroblar tez rivojlanadi. Agar sotib olgan tarvuzingiz qip-qizil chiqsa ham bir boʻlakchasini oddiy sovuq suvga solib koʻring. Suv qizarmasa, demak tarvuz tabiiy pishgan boʻladi. Mabodo suv rangi qizarsa bu tarvuzga turli qizartiruvchi boʻyoqlar yoki kimyoviy moddalar qoʻshilgan hisoblanadi.

Salomatligimiz oʻz qoʻlimizda ogoh boʻling.

Manbaa: manzur.uz  kanali

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.