Tibet Lamalarining siri: ORGANIZMNI TOZALASH

0
197
marta koʻrilgan.

Guruch organizmni tozalashda katta ahamiyatga ega boʻlib, uni bilib isʼtemol qilsangiz vujudingizdagi barcha zaharlarni olib chiqib ketadi.

Malhamni tayyorlash: Oddiy guruchdan  yoshga qarab, shuncha osh qoshiq olinadi. Uni yuving va bankaga soling. Ustini iliq qaynatilgan suv bilan toʻldiring, qopqogʻini yoping va muzlatgichga qoʻying.

Isteʼmol: Ertalab suvni tuzlang va guruchning yuqori qismidan 1 osh qoshiq olib, 3-4 daqiqa tuzsiz pishiring. Uni ertalab soat sakkizgacha och qoringa isteʼmol qiling. Qolgan guruch yana qaynatilgan suv bilan toʻldirib, muzlatgichga qoʻyiladi. Har kuni ertalab guruch tugaguncha ana shunday isteʼmol qilinadi.

Guruchning foydasi va ushbu malhamning siri: Guruch  kristalli tuzilishga ega. Donlar hoʻllanganda, undan kraxmal olib tashlanadi va donlarda hujayralar paydo boʻladi. Guruch boʻtqasi oshqozonda hazm boʻlmaydi, lekin ichaklarda ular adsorbent vazifasini bajaradi.

Eslatma: Guruchli nonushtadan keyin kamida 3 soat davomida hech narsa yemaslik va ichmaslik tavsiya etiladi.

Shifosi: Bunday ovqatlanishdan keyin beldagi ogʻriq yoʻqoladi, boʻyin siqilishi toʻxtaydi. Davolash kursidan soʻng kishi nafaqat sogʻlom boʻladi, balki yoshroq  ham koʻrinadi.

Raʼno ZARIPOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.