Toʻgʻri nafas olish mashqlariga eʼtibor qilasizmi?

0
126
marta koʻrilgan.

Biror kishi oziq-ovqat va suvsiz bir necha kun yashashi mumkin, ammo  havosiz yashay olmaydi. Nafas olish hayotning asosidir. Hayotimizning davomiyligi va sogʻlomligimiz  toʻgʻri nafas olishimizga  ham bogʻliq.

Toʻgʻri nafas olish mashqlari nafas olish tizimini mustahkamlashga yordam beradi va  shifobaxsh taʼsir koʻrsatadi. Nafas olish texnikasi jismoniy, psixo-emotsional va aqliy rivojlanish uchun ham foydalidir.

Kislorod organizm uchun qanchalik zarur boʻlsa karbonat angidrid ham zarur.  Kislorod zarur, lekin u faqat karbonat angidrid bilan muvozanatda boʻlgandagina koni foyda. Karbonat angidridning yetarli emasligi, olingan kislorodning organizm tomonidan soʻrilmasligiga olib keladi. Toʻgʻri nafas olish kislorod va karbonat angidridning teng taqsimlanishi uchun javobgardir. Koʻpincha juda qisqa, chuqur nafas olinmasa kislorodning katta qismi isrof boʻladi. U hujayra tuzilmalariga yetib bormaydi, soʻrilmaydi, u tanani oʻzi tark etadi. Nafas olish tizimi samarasiz ishlaydi.

Toʻgʻri nafas olish mashqlarini qanday qilish kerak?  Toʻgʻri nafas olish butun tanaga umumiy mustahkamlovchi va shifobaxsh taʼsir koʻrsatadi.

Nafas olish mashqlarini boshlashdan oldin qulay oʻtirish juda muhimdir. Umurtqa pogʻonasini tik tutib, xalqona aytganda gʻoz qomatda oʻtiring.

Koʻzlaringizni asta-sekin yumib,  chuqur-chuqur nafas oling. Bu usul siz uchun qiyin boʻlsa, bir nuqtaga eʼtibor qaratib mashqni boshlashingiz mumkin.

 Siz imkon qadar faqat burun orqali nafas olishingiz kerak. Burun oʻpkaga kirishdan oldin havoni oldindan isitadi, namlaydi va filtirlaydi. Qoʻllaringizni yon tomonga burib, tekis turing. Oʻpkangizning pastki qismini toʻldirish uchun sekin nafas olishni boshlang. Buning uchun qorin boʻshligʻi mushaklarini boʻshashtirish kerak. Sekin nafas olishni davom ettirib, oʻpkangizni havo bilan toʻldirishga imkon bering. Buni qilayotganda koʻkrak qafasining kengayishini his qilishingiz kerak. Va nafas olishning oxirgi soniyalari oʻpkani toʻliq toʻldirishi kerak. Buni amalga oshirish uchun boʻyinbogʻingiz boʻlsa uni koʻtaring, boʻshashtiring va yelkangizni yuqoriga va orqaga torting. Endi boʻyinbogʻingizni va yelkangizni boʻshatgach, chuqur nafas oling.

Nafas olish mashqlarini qachon qilish kerak? Kuchli stress va tashvish his etilishini kutmasdan nafas olish mashqini oldindan boshlash kerak. Toʻgʻri nafas olayotganimizda;

  • Immunitet kuchayadi va kasalliklarga chidamliligimiz ortadi. Chunki tananing har bir aʼzosi kerakli darajada kislorod oladi.
  • Vaznni boshqarish osonroq boʻladi. Sogʻlom va ideal vazniga ega boʻlasiz.
  • Toʻgʻri nafas olish holati terida ham aks etadi. Teri goʻyo porlaydi.
  • Uyqu rejimi ancha yaxshilanadi. 
  • Kislorodni yetarlicha olgan tana kuchli boʻlib qoladi. Qarish jarayoni uzoq davom etadi.
  • Toʻgʻri nafas olish kayfiyatni koʻtaradi. Tashvishli vaziyatlarni ancha yaxshi boshqara olasiz. Chunki jismoniy va ruhiy salomatlik oʻzaro bogʻliqdir.

 Ushbu mashqlarni ochiq havoda goʻzal tabiat qoʻynida bajarish  yanada xushkayfiyat bagʻishlaydi. Salomat boʻling.

Raʼno ZARIPOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.