Topinambur — uzoq umr koʻrish vositasi 

0
283
marta koʻrilgan.

Topinamburni  xalqimiz ernok deb  ham ataydi. Amerikalik hindular uni uzoq umr koʻrish vositasi  deyishadi. Chunki,  uning tanani umumiy quvvatini oshiruvchi xususiyatlari bisyor.

Yernokdan muntazam isteʼmol qilib turilsa, aʼzolarga tuz yigʻilishi, 2-tur qandli diabet, meʼda-ichak xastaliklari, kamqonlik, ateroskleroz, buyrak va siydik yoʻllarida tosh hosil boʻlishida, asab kasalliklarining oldini olishda juda qoʻl keladi.

Yernok bargini, kartoshkasini yangi holda yoki quritilgan holda ishlatish mumkin. Yangi terib olingan kartoshkasidan 50 g. tozalab, unga hech narsa qoʻshmasdan ovqatdan 30 daqiqa oldin, kuniga 3 mahal isteʼmol qilinsa, qondagi qand miqdori kamayadi. Bargidan salat tayyorlansa faqat qandli diabetnigina emas, balki gipertoniya, meʼda osti bezi xastaliklarini davolashda ham ahamiyati juda kattadir.

Yangi terib olingan, yernokning sarxilidan 1 litr suvga  3 donasini solib, 10-15 daqiqa davomida meva sharbati kabi qaynatasiz.

Yernokning quritilgan kartoshkasidan ishlatmoqchi boʻlsangiz, 1-2 litr suvga 3 osh qoshiq olib 1 soat davomida mildiratib qaynatasiz.

Iliq holda yoki sovutilganini kuniga 1 l.dan ichish tavsiya etiladi. Bunday qaynatma qondagi qand miqdorini kamaytiribgina qolmay, balki qon bosimini ham tushiradi. Meʼda osti bezining ish faoliyatini yaxshilaydi, qondagi gemoglobin miqdorini oshiradi.

Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.