Keksalarimiz duoga qoʻl ochganida “toʻrt muchang sogʻ boʻlsin”, deya ezgu tilak bildirishadi.
Bu bejiz emas, albatta! Zero, “toʻrt mucha”ning sogʻligi tugal sogʻliqni anglatadi. Agar inson sogʻlom boʻlsagina uning baxti toʻkis boʻladi.
Tanamizdagi har bir aʼzo oʻzining vazifasini bajaradi. Ular orasida bizni dunyo goʻzalliklaridan bahramand qiluvchi gavhari shamchirogʻimiz –koʻzlarimiz alohida oʻrin tutadi. Biz baʼzida koʻzimizdagi mavjud kasalliklar haqida yetarlicha bilimga ega emasligimiz sabab, uni xavf ostiga qoʻyamiz.
Qirq yoshdan soʻng koʻzlarda oʻzgarishlar yuz beradi. Chunki, bunga qandli diabet, yurak va qon tomiri sklerozi yoki genetik oʻzgarishlar tufayli inson aʼzolarining erta qarishi sabab boʻlishi mumkin. Bunday davrda birorta kishi koʻzida boʻladigan oʻzgarishlardan holi emas. Jumladan, miopiya, katarakta, konʼyuktivit, gʻilaylik kabi koʻz kasalliklarining oldini olish uchun koʻz shifokori koʻrigidan har olti oyda oʻtib turish kerak.
Kattalar uchun qora qaragʻat mevasi yoki bargi (200 gr suvga 5 gr quritilgan bargi) qaynatmasini bir kunda bir necha marta choy oʻrnida ichish tavsiya etiladi.
Shoira Bekchanova,tibbiyot fanlari nomzodi