Tumov va tomoq ogʻrigʻida samarali xalqona malhamlar

0
177
marta koʻrilgan.

Issiq kunlarda muzqaymoq va salqin ichimliklar koʻp isteʼmol qilinadi. Natijada tomoq ogʻrigʻi tez-tez kuzatiladi. Uni xalqona malhamlar bilan davolash ham yaxshi samara beradi.

Muolaja: teng miqdorda un, xantal va asalni aralashtirib, xamir holiga keltirasiz. Uni tomoqqa qoʻyib, ustidan sochiq bilan oʻraysiz. Bunday muolajani 2-3 kun davomida uyquga  yotishdan oldin qilish mumkin.

Anjirli malham. Bir nechta anjir qoqini yoki oʻzini 200 gr. sutda qaynatib ichish ham tomoqni yumshatib, balgʻam ajralishiga yordam beradi.

Kartoshkali ingalyasiya. Samarali va foydali usullardan yana biri ingalyasiya boʻlib, uni toʻgʻri bajarsangiz, tomoq ogʻrigʻidan tez xalos boʻlasiz. Idishga suv solib, ikki dona kartoshka parrak qilib kesiladi va shu suvda qaynatiladi. Qaynab chiqqach, unga 1 osh qoshiq ichimlik sodasidan solib, ogʻiz orqali nafas olinadi. Ingalyasiya uchun harorat 80-90 daraja boʻlishi lozim, bundan issiq bugʻda tomogʻingiz kuyishi mumkin.

Sedanali damlamalar ham tomoq ogʻrigʻida yaxshi foyda beradi. Ayniqsa, immun tizimini himoyalovchi mahsulot sifatida sedana moyini salatlarga qoʻshib, tanovul qilish ham tezroq sogʻayib ketishingizni taʼminlaydi.

Turpli malham. Kechqurun 1 dona turpning ichini oʻyib, 1 osh qoshiq asal solib qoʻying.  Saharda va  kun davomida hosil boʻlgan sharbatni ovqatlanishdan yarim soat oldin bir osh qoshiqdan ichsangiz, tezda shifo topasiz.

Yodingizda boʻlsin! Hiqildoq, tomoq, nafas yoʻllari, bronxlarni davolash uchun ogʻiz orqali nafas olib, 2 soniyadan soʻnggina uni chiqarish foydali. Tumovda esa burundan nafas olgan maqsadga muvofiq. Ingalyasiyadan soʻng bir soat davomida ichimlik ichish, ovqatlanish va chekish harakatlaringizning samarasini kesadi.

Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.