Tuxum oqsilga boy shifobaxsh neʼmatlardan biridir. Inson organizmi tovuq tuxumi oqsilini 98 foyiz hazm qiladi.
Kaloriyasi juda kam 100 gr da 50 kkal mavjud. Isteʼmol qilingan tuxum ishtahani pasaytirib, moddalar almashinuvini kuchaytiradi.
Tuxum vitamin va foydali moddalarga boy. Ayniqsa, uning sarigʻida tabiiy vitaminlar kompleksi mavjud. Tarkibida 15 xil vitamin, mineral va mikroelementlar bor. Ayniqsa vitamin A va vitamin D koʻp, ular odatiy ovqatlarimizda kam miqdorda uchraydi. Oʻrtacha tuxumda inson organizmiga zarur boʻlgan kunlik vitamin A ning besh foyizi hamda vitamin D ning oʻn foyizi mavjud boʻlib, suyaklar mustahkamligini saqlaydi.
Tuxum sarigʻidagi vitamin D organizmga zarur boʻlgan kalsiy va fosforni oʻzlashtirishda yordam beradi. Bu oʻz navbatida yosh oʻtgan sayin vujudga keladigan osteoporozni oldini oladi. Tovuq tuxumini isteʼmol qilib turish qalsiyni suyaklardan yuvilib turishidan saqlab, ularni mustahkam qiladi.
Tuxum immunitetni oshiradi. Organizmga zarur aminokislotalar mavjudligi immunitetni mustahkamligini oshirib, turli infeksiyalardan va bundan tashqari isteʼmol qilingan tuxumdagi lyutein koʻzni turli kasalliklardan saqlaydi.
Miyaga koni foyda. Tuxumdagi tirozin tezlik reatsiyasini oshiradi, ushbu modda ayniqsa haydovchilar, kutqaruvchilarga oʻxshash kasbda ishlaydigan kishilar uchun juda zarur. Hayotga boʻlgan ishonchni va quvonchni oshirdi, tuxum tarkibidagi triptofan «quvonch gormoni» serotonin ishlab chiqishida muhim rol oʻynaydi.
Yurak-qon tomir kasalliklarini havfini kamaytiradi. Biz oʻrganib qolgan ateroskleroz kasalligini keltirib chiqaruvchi xolesterin tuxum yoyilganda organizmda oshib ketmaydi. Qon bosimini oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Faqat salmonellez bilan kasallanmaslik uchun xom tuxum ushlagandan soʻng qoʻlni yaxshilab yuvish zarur, pishgan tuxumda bunday kasallik tarqatuvchi alomatlar boʻlmaydi.
Uy tuxumi xarid qilgan maʼqulroq. Firmalarning tovuqlari garmonli ozuqa bilan boqiladi. Uy tuxumini xarid qiling doimo salomat buling.
Fazilat SAʼDULLAYEVA tayyorladi.