Tuya sutining shifobaxsh xususiyatlari

0
6051
marta koʻrilgan.

Tabobat ilmi sultoni Abu Ali ibn Sino  “Tib qonunlari”  asarida tuya sutining shifobaxshligi hususida yozib qoldirgan. Tuya suti juda mazali va toʻyimli mahsulotdir.  Sharq mamlakatlarida bu neʼmat azaldan sevib isteʼmol qilinadi.

Tuya suti tarkibida V1, V2vitaminlari, temir, fosfor, oltingugurt, kalsiy moddalari moʻl. Ayniqsa, S va D vitaminlari tuya sutida sigir sutiga nisbatan uch barobar koʻp. Sut shakari – kazein va laktoza moddalari esa aksincha tuya sutida kam miqdorda boʻladi. Agar bemorning immuniteti (organizmning kasalliklarga qarshi chidamliligi) past boʻlsa har kuni 0,5 litrdan yangi sogʻilgan tuya sutini och qoringa ichib yursin. Keyin 4 soat oʻtgach ovqatlansa bir oy yoki 40 kun oʻtgach oʻzida ijobiy oʻzgarishlarni his etadi.

Tuya sutini isteʼmol qilgan davrda bemor achchiq, shoʻr, dudlangan va turli konserva muhsulotlari, shuningdek, spirtli ichimliklarni ichish, sigaret chekishdan tiyilishi kerak. Chunki, parhez tutish tuya sutining shifobaxsh taʼsirini oshiradi. Dastlab bu sutni isteʼmol qilganda bemorning ichini surishi mumkin. Yana qusish ehtimoli ham bor. Bu holatda ham bemor sut ichishni toʻxtatmasligi kerak. Organizm bu vaqtda tanadagi ortiqcha xilt (shlak)lar, toksin (zahar)lardan tozalanayotgan boʻladi. Shunda ham ich ketishi toʻxtamasa tuya sutidan tayyorlangan qatiq ichishi lozim.

Tuya suti tabiiy, toza asal bilan ichilsa, gijjalarni yoʻqotib, meʼda-ichak tizimidagi yaralarni tuzatadi. Yangi sogʻilgan tuya suti gastrit (meʼda shilliq qavati yalligʻlanishi)ga davo hisoblanadi. Shuningdek, sil kasalligi va pnevmoniya (zotiljam)da ham tabiblar tuya sutini ichishni tavsiya etishadi. Shakar bilan aralashtirib ichilgan tuya suti teri rangini tiniq va chiroyli qiladi, ajinlarni tekislaydi. 

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.