Vrachlarning koronavirusning oldini olish boʻyicha maslahatlari

0
856
marta koʻrilgan.

Rossiyalik yosh mutaxassis Vitaliy Katsman Xitoyning Shenchjen shahridan Uxan shahriga yangi zotiljam virusini oʻrganish uchun oʻtkazilgan. U yaqinlariga qoʻngʻiroq qilib, ayrim jihatlarni tushuntiribdi.

 Agar sizda shamollash tufayli burun bitishi va balgʻam boʻlsa siz koronavirus infeksiyasi tashuvchisi boʻla olmaysiz. Koronavirus zotiljami — bu burun bitmasdan quruq yoʻtal keltirib chiqaradi. Agar siz kasallikni aniqlash va profilaktikasidan xabardor boʻlsangiz — buni doʻstlaringizga tushuntiring.

 Uxan virusi haroratga chidamsiz va 26–27 daraja issiqda oʻladi. Baʼzi vrachlarning aytishicha, 45 darajada oʻladi. Shuning uchun koʻproq qaynoq suv iching. Quyosh ostida tez-tez va uzoqroq vaqt boʻling. Qaynoq suv dori emas, sogʻliq uchun foydali va barcha viruslarda samarali.

 Vrachning koronavirus boʻyicha maslahatlari:

 1. Virus oʻlchami boʻyicha yirikkina (yacheyka diametri 400-500 nm), shu sababli oddiy tibbiyot maskasi uni filtrlay oladi. Agar virus yuqtirgan kishi aksirsa yoki sizdan 3 metrgacha naridan oʻtsa virus ucha olmaydi, yerga tushadi.

 2. Agar virus metall sirtga tushsa u kamida 12 soat yashaydi. Shu sababli qandaydir metall sirtga qoʻlingiz tekkan boʻlsa, sovunlab yaxshilab yuving.

 3. Virus mato ustida 6–12 soat mobaynida faol boʻladi. Oddiy kir yuvish kukuni virusni oʻldira oladi. Qishki kiyimlarni shunchaki oftobda quritib, virusni oʻldirish mumkin.

 Koronavirus tomonidan chaqiriladigan zotiljam kasalligi alomatlari:

 1. Virus tomoqqa oʻtgach, tomoq xuddi anginaga chalingandek qurishi mumkin. 3–4 kun davom etadi.

 2. Shundan soʻng virus burun suyuqligi bilan qorishib, traxeyaga oʻtadi, soʻngra oʻpkaga oʻtib, oʻpka shamollashini keltirib chiqaradi. Bu jarayon 5–6 kun vaqtni oladi.

 3. Koronavirusli zotiljam chogʻida yuqori tana harorati va nafas olish qiyinlashishi kuzatiladi. Burunning bitishi odatdagidek boʻlmaydi, odam xuddi suvda choʻkayotgandek hissiyot paydo boʻladi. Bu holatda darhol vrachga murojaat qilish kerak.

 Kasallik profilaktikasi:

 1. Virusning yuqtirib olishning eng keng tarqalgan turi — insonlarga teginish, shu sababli qoʻlni tez-tez yuvib turish kerak. Virus qoʻlingizda 5–10 daqiqa yashay olishi mumkin, biroq shu qisqa muddat ichida har narsa boʻlishi mumkin. Shuning uchun koʻzingizni ishqalamang, burningizga teginmang.

 2. Mikrobni yoʻqotish yoki uning taʼsirini kamaytirish maqsadida qoʻlni tez-tez yuvib turish bilan birga, u hali ogʻiz boʻshligʻida boʻlsa oʻpkaga oʻtishining oldini olish uchun siz tomoqni Betadin bilan gʻargʻara ham qilishingiz mumkin.

 Juda ehtiyot boʻling va koʻproq qaynatilgan suv iching.

 Yangi NCP koronavirusi yuqtirilganlik belgisini uzoq vaqt namoyon etmasligi mumkin. Unda odam kasallik yuqtirganini qayerdan bilsa boʻladi?

 Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, COVID 19 alomatlari yaqqol namoyon boʻla boshlagunga qadar virusning inkubatsiya (yashirin) davri 28 kungacha choʻzilishi mumkin.

 Bu vaqtga kelib tana harorati osha boshlagan va yoʻtal tutgan inson shifoxonaga tushach, uning oʻpkasida 50 foizlik fibroz aniqlanadi va bu endi juda kech boʻlganini anglatadi!

Tayvanlik ekspertlar barchamiz har ertalab qilishimiz mumkin boʻlgan mashqni tavsiya etishmoqda.

 Chuqur nafas olib, nafasni 10 soniyadan uzoqroq vaqt chiqarmay turing.

 Agar siz bu ishni yoʻtalmasdan, qiynalmasdan muvaffaqiyatli yakunlay olsangiz oʻpkangizda fibroz yoʻqligini bildiradi, bu esa infeksiyaga yoʻliqmaganingiz nishonasi.

 Vaziyat ogʻirlashganda bu ishni ertalab toza havoda har kuni takrorlang!

 COVID-19 ni davolayotgan yapon vrachlaridan jiddiy maslahatlar.

 Ogʻzi va tomogʻi quruq emas hoʻl boʻlishini har bir inson tekshirib turishi kerak. Har 15 soniyada kam-kamdan suv ichib turing.

Nega?

 Agar virus ogʻzingizga kirgan boʻlsa ham ichimlik suvi va boshqa ichimliklar uni qiziloʻngach orqali oshqozonga yuvib tushiradi. Oshqozondagi kislotalar virusni osongina mahv etadi.

 Agar siz suvni muntazam ravishda ichib turmasangiz… virus nafas yoʻllaringizga tushib, oʻpkaga oʻtishi mumkin. Bu esa juda xavfli.

 Iltimos, oilangizdagilar va doʻstlaringizga joʻnating va boʻlishing. Barcha haqida qaygʻuring va dunyo koronavirusdan tezroq xalos boʻlsin.

 Doimo sogʻ-salomat boʻling! Olloh yoʻldoshingiz boʻlishida tilakdoshmiz

Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira BEKCHANOVA tayyorladi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.